Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi · Sana: 26.12.2013 · Amalda
Davlat xaridlari tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilarning raqobati va ochiqlikni taʼminlash asosida amalga oshiriladi.
Davlat xaridlari amalga oshirilishi va ularning yakunlari toʻgʻrisidagi eʼlonlar belgilangan tartibda operatorning maxsus axborot portalida joylashtirilishi kerak.
Davlat xaridlari amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi eʼlonlarni maxsus axborot portalida joylashtirish joriy moliya yilining 10-dekabridan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
Raqobat va ochiqlik cheklangan holdagi davlat xaridlari qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda amalga oshirilishi mumkin.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-2304138
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 121-modda. Davlat xaridlari Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-2304140/121 (lex.uz/docs/-2304138)