Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (PF-4589-son)
26.12.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 2014-yilning 1-yanvaridan boshlab ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 26-dekabr,
PF-4589-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-dekabrdagi PF-4589-sonli Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 2014-yil 1-yanvardan boshlab kiritiladigan oʻzgartishlar
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-son Farmoni 3-bandidagi “2014-yilning 1-yanvarigacha” soʻzlari “2019-yilning 1-yanvarigacha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 14-martdagi PF-3860-son Farmonining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
