Tarqalishi oqibatida karantin yoki cheklashlar belgilanadigan hayvonlarning yuqumli kasalliklari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (2543-son)
26.12.2013
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 26-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2543]
Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 335-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 29-son, 373-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Tarqalishi oqibatida karantin yoki cheklashlar belgilanadigan hayvonlarning yuqumli kasalliklari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Sh. TESHAYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 18-dekabr,
9/6-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 18-dekabr,
28-son
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2013-yil 18dekabrdagi 9/6, 28-sonli qaroriga ILOVA
Tarqalishi oqibatida karantin yoki cheklashlar belgilanadigan hayvonlarning yuqumli kasalliklari
ROʻYXATI
t/r Nomi I. Tarqalishi oqibatida karantin oʻrnatiladigan hayvonlarning yuqumli kasalliklar roʻyxati a) turli xil hayvonlar uchun umumiy boʻlgan kasalliklar 1. Oqsil 2. Kuydirgi 3. Auyeski 4. Leptospiroz 5. Sil 6. Brutsellyoz b) qoramollarning kasalliklari 7. Qoramollar oʻlati 8. Qoramollarning poʻkaksimon ensefalopatiyasi 9. Qoramollarning kontagioz peripnevmoniyasi (zotiljam) 10. Qoramollarning paragripp-3 kasalligi 11. Qorason v) qoʻy va echkilarning kasalliklari 12. Qoʻchqorlarning epididimiti 13. Echkilarning yuqumli plevropnevmoniyasi 14. Qoʻy va echkilar chechagi 15. Qoʻy va echkilarning pustulez stomatiti g) tuya, ot va eshaklarning kasalliklari 16. Otlarning yuqumli ensefalomiyeliti 17. Otlarning kontagioz plevropnevmoniyasi 18. Otlar va eshaklar oʻlati 19. Sap 20. Tuyalar oʻlati 21. Tuyalar chechagi d) choʻchqalarning kasalliklari 22. Choʻchqalar klassik (namunaviy, yorqin) oʻlati 23. Tranmissiv gostroenterit 24. Choʻchqalar Afrika oʻlati e) parrandalarning kasalliklari 25. Nyukassl kasalligi 26. Gripp j) quyonlarning kasalliklari 27. Miksomatoz 28. Quyonlarning gemorragik septitsemiyasi z) asalarilarning kasalliklari 29. Akarapidoz 30. Amerikancha chirish 31. Yevropacha chirish 32. Nozematoz 33. Varratoz 34. Virusli paralich 35. Braulez 36. Xaltasimon rasplod 37. Salmonellez (paratif), gafnioz, kolibakterioz i) goʻshtxoʻr va moʻynali hayvonlarning kasalliklari 38. Goʻshtxoʻr hayvonlarning oʻlati 39. Norkalarning psevdomonozi 40. Norkalarning virusli enteriti k) Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatga olinmagan barcha turdagi hayvonlarning yuqumli kasalliklari II. Tarqalishi oqibatida cheklov belgilanadigan hayvonlarning yuqumli kasalliklar roʻyxati a) turli xil hayvonlar uchun umumiy boʻlgan kasalliklar 1. Quturish 2. KU-isitma 3. Listerioz 4. Nekrobakterioz 5. Vezikulyar stomatit 6. Pasterellyoz 7. Qoʻtir b) qoramollarning kasalliklari 8. Yuqumli rinotraxeit (pustulali vulvovaginit) 9. Efemer isitmasi 10. Leykoz 11. Xavfli kataral isitmasi v) qoʻy va echkilarning kasalliklari 12. Yuqumli agalaktiya 13. Xlamidioz 14. Vibrioz 15. Enterotoksemiya va bradzot 16. Pustulyoz stomatiti 17. Virusli (enzootik) abort 18. Tuyoq chirishi g) ot va eshaklarning kasalliklari 19. Yuqumli anemiya 20. Gripp 21. Rinopnevmoniya (virusli homila tashlash) d) choʻchqalarning kasalliklari 22. Atrofik rinit 23. Saramas (roja) 24. Chechak e) parrandalarning kasalliklari 25. Yuqumli bursit (Gamboro kasalligi) 26. Marek kasalligi 27. Mikoplazmoz 28. Pullaroz-tif 29. Yuqumli bronxit 30. Yuqumli laringotraxeit 31. Oʻrdak joʻjalarining virusli gepatiti 32. Pasterellyoz 33. Aspargillyoz 34. Ornitoz 35. Gʻoz joʻjalarining virusli enteriti 36. Parrandalarning streptokokkoz septetsimiyasi 37. Kolibakterioz j) goʻshtxoʻr va moʻynali hayvonlarning kasalliklari 38. Virusli gepatit 39. Norkalarning Aleut kasalligi
Mazkur Roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi bilan kelishilgan.
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi boshligʻi N. YOʻLDOSHEV
2013-yil 18-dekabr
