Buyuk Britaniya bilan savdo iqtisodiy hamkorlik boʻyicha idoralararo kengash toʻgʻrisida (374-son)
03.09.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Buyuk Britaniya va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli savdo iqtisodiy hamkorlikni yanada faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga britan tomoni bilan kelishgan holda idoralararo kengash doirasida hamkorlikni faollashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash topshirilsin.
3. Idoralararo kengash 1998-yil toʻrtinchi choragida Oʻzbekiston Britaniya Savdo sanoat kengashining navbatdagi yigʻilishini oʻtkazish masalasini koʻrib chiqsin.
4. 1995-yil 13-fevraldagi 49 son qaroriga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 3-sentabr,
374-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3 sentabrdagi 374 son qarorga ILOVA
Buyuk Britaniya bilan savdo iqtisodiy hamkorlik boʻyicha idoralararo kengash
TARKIBI
