Budjet tashkilotlarining asosiy vositalarining eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (2538-son)
19.12.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 19-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2538]
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Budjet tashkilotlarining asosiy vositalarining eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining 2009-yil 30-sentabrdagi 95, 85 va 6-son “Budjet tashkilotlarining asosiy vositalari eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2028, 2009-yil 30-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 44-son, 477-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 29-noyabr,
68-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2013-yil 29-noyabr,
38-son
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZOKIROV
Toshkent sh.,
2013-yil 29-noyabr,
4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining 2013-yil 29-noyabrdagi 68, 38, 4-son qaroriga ILOVA
Budjet tashkilotlarining asosiy vositalarining eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9–son, 142–modda) muvofiq budjet tashkilotlarining asosiy vositalarining eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini belgilaydi.
I bob. Asosiy vositalarning eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish
1. Budjet tashkilotlari asosiy vositalarining eskirishi mazkur nizomning ilovasiga muvofiq Budjet tashkilotlari asosiy vositalarining yillik eskirish meʼyorlari asosida aniqlanadi.
2. Asosiy vositalarning eskirishi budjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobida Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning (roʻyxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 502-modda) 112 — 124-bandlariga muvofiq aks ettiriladi.
3. Eskirish meʼyorlari mazkur asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi.
4. Mavsumiy tusga ega budjet tashkilotlarida foydalanilayotgan asosiy vositalar boʻyicha oylik eskirish summasi umumiy tartibda, yaʼni mazkur asosiy vositaning yillik eskirish summasini 12 ga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
5. Kapital qurilish obyektlarini qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirilmagan, tugallanmagan qurilish yoki uning qismlari boʻyicha eskirish aniqlanmaydi.
II bob. Yakuniy qoidalar
6. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
7. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TURAYEV
2013-yil 20-noyabr
Budjet tashkilotlarining asosiy vositalarining eskirishini aniqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Budjet tashkilotlari asosiy vositalarining yillik eskirish
MEʼYORLARI
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 51-son, 677-modda)
