Harbiy va muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan shaxslarni Qurolli Kuchlar, chegara va ichki qoʻshinlar saflaridan zaxiraga boʻshatish va fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatga navbatdagi chaqirish toʻgʻrisida (394-son)
14.09.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida” va “Muqobil xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Harbiy va muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari, chegara va ichki qoʻshinlari saflaridan zaxiraga boʻshatilsin.
2. 1971 — 1980-yillarda tugʻilgan, chaqiriq muddatini uzaytirish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari 1998-yilning oktabr-noyabr oylarida muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 14-sentabr,
394-son
