Berdaq (Berdimurod) Qargʻaboy oʻgʻli tugʻilgan kunining 170 yilligini nishonlash toʻgʻrisida (220-son)
20.05.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qoraqalpoq adabiyotining asoschilaridan biri Berdaq (Berdimurod) Qargʻaboy oʻgʻlining Sharq madaniyati va adabiyotini rivojlantirishga kelajak avlodni Vatanga, xalqqa muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, turli xalqlar oʻrtasida doʻstlik munosabatlarini rivojlantirish ishiga qoʻshgan bebaho hissasini hisobga olib, shuningdek uning adabiy merosini xalqimiz oʻrtasida yanada keng targʻib qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Berdaq (Berdimurod) Qargʻaboy oʻgʻlining 170 yillik yubileyini 1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasi miqyosida keng nishonlash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Tashkiliy qoʻmita Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda bir oy muddatda oʻz tadbirlarini ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
shoirning 170 yillik yubileyi munosabati bilan “Sharq xalqlarining milliy uygʻonishi va Berdaqning yaratuvchilik xizmati” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazsin;
1998-yilda shoirning bir tomlik sheʼrlar toʻplamini tayyorlasin va nashr etsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi bilan birgalikda 1998-yil dekabr oyida Nukus shahrida Berdaq yubileyiga bagʻishlangan tantanali kechani tashkil qilsin va oʻtkazsin.
4. Toshkent shahri hokimligi poytaxtdagi koʻchalardan va xiyobonlardan biriga Berdaq nomini berish va shoir byustini oʻrnatish masalalarini hal qilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi shoir yubileyiga bagʻishlab Berdaq asarlari va uning haqidagi asarlar toʻplamlarini, rasmlar va plakatlarni chop etishni rejalashtirsin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hamda tegishli idoralar va ijodiy uyushmalar bilan birgalikda mahalliy budjet va homiylarning mablagʻlari hisobiga Boʻzatov tumanida Berdaq bogʻini yaratish, u yerda shoirga yodgorlik oʻrnatish va uning muzeyini tashkil qilish vazifasi yuklansin.
7. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Berdaqning rasmi tasvirlangan pochta markalari, konvertlar va otkritkalar chiqarishni tashkil qilsin.
8. “Oʻzbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-iyuldagi 247-son qaroriga muvofiq filmlar yaratish uchun ajratilgan mablagʻlar hisobiga Berdaqning hayoti va ijodiy faoliyatiga doir hujjatli film yaratsin.
9. “Oʻzteleradio” kompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Berdaqning Sharq xalqlari madaniyati rivojiga qoʻshgan ulkan hissasini, uning hayoti va ijodini yorituvchi koʻrsatuvlar, eshittirishlar, maqolalar tashkil etish hamda shoir asarlari asosida tele va videofilmlar yaratish topshirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Berdaq yubileyini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti va mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobiga, teng ulushlarda qoplanishini nazarda tutgan holda mablagʻ ajratsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 20-may,
220-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 20-maydagi 220-son qaroriga ILOVA
Berdaq (Berdimurod) Qargʻaboy oʻgʻli tugʻilgan kunining 170 yillik yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
TARKIBI
