MDH mamlakatlari bilan oʻzaro hisob-kitob masalalarini muvofiqlashtiruvchi shuʼba tashkil etish toʻgʻrisida (26-son)
02.02.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Hukumatlararo tuzilgan bitimlarning oʻz vaqtida ijro etilishi va xom ashyo, mahsulot hamda xalq isteʼmol tovarlari yetkazib berish boʻyicha MDH mamlakatlari bilan oʻzaro hisob-kitoblarni tashkil etish masalalarini tezkorlik bilan hal etish yuzasidan amaliy nazoratni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining Resurslar, moddiy-texnika taʼminoti va bitimlar boʻlimi tarkibida MDH mamlakatlari bilan oʻzaro hisob-kitob masalalarini muvofiqlashtiruvchi 4 kishidan iborat shuʼba tuzilsin, shu jumladan:
2. Shuʼbaga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklansin: MDH mamlakatlari bilan tuzilgan hukumatlararo bitimlarning oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish; MDH mamlakatlari tomonidan oʻzaro yetkazib beriladigan mahsulotlar uchun hisob-kitoblarni tashkil etish masalalarini tezkorlik bilan hal etish; koʻrsatib oʻtilgan masalalar yuzasidan joriy va umumlashtiruvchi axborotlarni tayyorlash.
3. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov yangi shuʼba tashkil etilishini hisobga olib, bir hafta muddatda Resurslar, moddiy-texnika taʼminoti va bitimlar boʻlimi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 2-fevral,
26-son
