Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida (1712-5-son)
11.12.2013
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 11-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1712-5]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 11-iyundagi 165-son qarori)”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 33-son, 438-modda) asosan Kengash qaror qiladi:
1. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2007-yil 23-avgustdagi 01-son qarori (roʻyxat raqami 1712, 2007-yil 3-sentabr) bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasi uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh vazir, Kengash raisi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 4-dekabr,
04-son
