“6 ta A-320-200 samolyotlarini xarid qilish” investitssiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (266-son)
02.10.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining havo kemalari parkini bosqichma-bosqich yangilash va unifikatsiyalashni taʼminlash, “Eyrbas Indastri” (EC) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan oltita A-320-200 samolyotini oʻz vaqtida yetkazib berish, shuningdek, havo transportida tashishlarning iqtisodiy samaradorligi va xavfsizligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “6 ta A-320-200 samolyotini xarid qilish” loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobi asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan birga ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 2-oktabr,
266-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 2-oktabrdagi 266-son qaroriga ILOVA
“6 ta A-320-200 samolyotini xarid qilish” loyihasi texnik-iqtisodiy hisob-kitobining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari
Izohlar:
* Loyiha qiymati xorijiy bank tanlangandan va moliyalashtirishning yakuniy shartlari aniqlangandan soʻng, shuningdek, texnikani yetkazib berish sanasidagi haqiqiy eskalatsiyani hisobga olgan holda aniqlanadi.
