Muddatli harbiy va muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan shaxslarni Qurolli Kuchlar, chegara va ichki qoʻshinlar saflaridan zaxiraga boʻshatish va fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatga navbatdagi chaqirish toʻgʻrisida (90-son)
12.03.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida” va “Muqobil xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Muddatli harbiy va muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari, chegara va ichki qoʻshinlari saflaridan zaxiraga boʻshatilsin.
2. 1969 — 1978-yillarda tugʻilgan, chaqiriq muddatini uzaytirish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari 1996-yilning aprel-may oylarida muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 12-mart,
90-son
