A. S. Pushkin tavalludining 200 yilligini nishonlash toʻgʻrisida (275-son)
31.05.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Rus shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkinning jahon madaniyati rivojiga qoʻshgan buyuk hissasini nazarda tutib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi va ijodiy uyushmalarning A. S. Pushkin tavalludining 200 yilligiga bagʻishlab 1999-yil iyun oyida yubiley tadbirlari oʻtkazish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Yubiley tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Fanlar akademiyasi Madaniyat ishlari vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Baynalmilal madaniy markazi, “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi bilan birga A. S. Pushkin yubileyiga bagʻishlangan ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazsin.
4. Toshkent shahar hokimligi tashkiliy qoʻmita bilan birgalikda yubileyni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlar rejasini ishlab chiqsin.
5. Oʻzbekiston davlat matbuot qoʻmitasi A. S. Pushkinning bir jildli asarlar toʻplamini nashr etishni taʼminlasin.
6. Ommaviy axborot vositalariga A. S. Pushkin yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni keng yoritish tavsiya etilsin.
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 31-may,
275-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 31-maydagi 275-sonli qaroriga ILOVA
A.S. Pushkin tavalludining 200-yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika Tashkiliy qoʻmita
TARKIBI
