1997-yilgi bahorgi dala ishlarini oʻtkazishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida (145-son)
14.03.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
[Koʻchirma]
1997-yil hosili uchun bahorgi dala ishlarini oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” va “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmalari, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari texnikani ekish mavsumiga 25-martdan kechiktirmay tayyorlab qoʻyish, shu yil 20-aprelgacha asosiy maydonlarda chigit ekishni tugallash, 5-maygacha esa koʻchatni toʻliq undirib olish uchun yerlarni tayyorlash yuzasidan barcha ishlarni bajarish boʻyicha zarur tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan chigit ekish jadvali 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi har besh kunda jadvalning qanday bajarilayotganligi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
2. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi qishloq xoʻjalik korxonalariga zarur ehtiyot qismlar, uzellar va qishloq xoʻjalik texnikasiga agregatlar jamlanishi va oʻz vaqtida yetkazib berilishini tashkil etsin, ularni import boʻyicha olib kelishga alohida eʼtibor bersin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va soʻv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi qishloq xoʻjalik korxonalarini yuqori sifatli urugʻlik va ekish materiali bilan taʼminlasinlar, tuksizlantirilgan chigit va paxtani plyonka ostiga ekish uchun dalalarni tayyorlashni alohida nazorat ostiga olsinlar. Kuzgi boshoqli don ekinlarini oʻz vaqtida oziqlantirish, sugʻorish va ularga ishlov berish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Q. Gʻ. Obidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 14-mart,
145-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-martdagi 145-sonli qaroriga 1-ILOVA
Chigit ekish
JADVALI
