Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklaridan kompyuterlar va ularning jihozlarining Xalq bankiga oʻtkazilishi toʻgʻrisida (234-son)
28.05.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xalq banki boʻlimlarini koʻp tarmoqli bankka aylantirish, joylarda aholiga qulay bank xizmati turlarini koʻpaytirish va sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari oʻz ehtiyojlaridan ortiqcha boʻlgan kompyuterlari va ularning jihozlarini oʻz balanslaridan Xalq banki balansiga bepul oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari kompyuterlari va ularning jihozlarini oʻz balanslaridan Xalq banki balansiga bir oy muddatda belgilangan tartibda ilovadagi roʻyxat boʻyicha bepul oʻtkazishni taʼminlasinlar.
3. Tijorat banklarining bepul berilgan kompyuterlari va ularning jihozlarining balansi qoldiq qiymatini oʻz xarajatlari hisobidan qoplashga ruxsat berilsin va bu xarajat soliq toʻlanadigan bazani aniqlashda hisobga olinsin.
4. Bepul olingan kompyuterlar va ularning jihozlarining qiymati Xalq bankida soliq obyekti boʻlib hisoblanmasin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1998-yil 28-may,
234-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 28-maydagi 234-son qaroriga ILOVA
Banklar tomonidan Xalq bankiga beriladigan kompyuterlar va boshqa jihozlar
ROʻYXATI
