Toshkent shahar hokimining 2013-yil 20-sentabrdagi 740-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (940-son)
26.11.2013
Toshkent shahar hokimining
Qarori
Toshkent shahrida 2013/2014-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash ishlarini tashkil qilish, Toshkent shahar aholisini qish-bahor oylari davomida arzon va sifatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash hamda Toshkent shahar hokimligi Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari majmuasining 2013-yil 18-noyabrdagi 03-1791-sonli xatini inobatga olib qaror qilaman:
1. Toshkent shahar hokimining 2013-yil 20-sentabrdagi “Toshkent shahrida 2013/2014-yillarda qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash ishlarini tashkil qilishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 740-sonli qarorining 1-ilovasi ilovaga muvofiq yangi tahrirda bayon qilinsin.
2. Mazkur qaror “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalarida rasman eʼlon qilinsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari F. Ziyayev hamda Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti rahbari R. Abdumajitov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim R. USMONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 26-noyabr,
940-son
Toshkent shahar hokimining 2013-yil 26-noyabrdagi 940-sonli qaroriga ILOVA
Toshkent shahrida 2013/2014-yillar qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash
taqsimoti
