Hukumatlararo bitimlarni tasdiqlash toʻgʻrisida (305-son)
17.07.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tasdiqlansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida Il-76MF va Il-76TF samolyotlarini birgalikda yaratish, seriyali ishlab chiqarish, yetkazib berish, shuningdek, Il-76 va Il-78 ularning modifikatsiyalarini ekspluatatsiya va modernizatsiya qilishni taʼminlash sohasida kelgusida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Moldova Respublikasi Hukumati oʻrtasida ilmiy darajalar va unvonlar haqidagi hujjatlarning ekivivalentligini tan olish va yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitim.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Tashqi ishlar vaziri (A. Kamilov) mazkur bitimlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 17-iyul,
305-son
