Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari talabalarining “Universiada-2004” sport musobaqalarini tashkil etish toʻgʻrisida (282-son)
15.06.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalari talabalari orasida sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash, ularning sport bilan shugʻullanishi uchun jahon andozalariga mos shart-sharoitlarni yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarning oʻz kuch-qudrati va imkoniyatlariga ishonch tuygʻularini hamda ona-Vatanga fidoyilik fazilatlarini tarbiyalash, musobaqalar bilan bogʻliq madaniy-maʼrifiy tadbirlar samarasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. “Universiada-2004” sport musobaqalarining yakuniy bosqichiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita tarkibi 1-ilovaga hamda sport oʻyinlarini oʻtkazish dasturi 2-ilovaga, uning ochilish va yopilish marosimi ssenariysi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tashkiliy qoʻmitaga:
joriy yilning 28-avgustigacha musobaqalar oʻtadigan sport inshootlarining xalqaro talablar darajasida hozirlanishini va zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlanishini hamda tadbirlar oʻtadigan barcha joylarda obodonlashtirish ishlarini taʼminlash;
universiada ishtirokchilarining yashash joylarini, oshxona va madaniy tadbirlar oʻtadigan manzillarni talab darajasida tayyorlash vazifasi yuklansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda:
“Universiada-2004” sport musobaqalarining tantanali ochilishi va yopilishi marosimlarining yuksak saviyada oʻtishini tashkil etsinlar;
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga musobaqalar ishtirokchilarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni, musobaqalar davrida tez tibbiy xizmat koʻrsatishni va dam olish, ovqatlanish joylarida sanitariya xavfsizligining talab darajasida boʻlishini taʼminlash topshirilsin.
6. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyurtmanomasiga muvofiq musobaqalar ishtirokchilari va ijodiy guruh aʼzolarining yoʻl xarajatlari uchun imtiyozli tarif qoʻllashni nazarda tutsin.
7. Respublika “Vatanparvar” tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “Quyosh fizikasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazida universiada mashʼalasini yoqish va uni Samarqand shahriga yetkazish bilan bogʻliq barcha tashkiliy-xavfsizlik tadbirlarini amalga oshirsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tegishli vakolatli tashkilotlar bilan birgalikda “Universiada-2004” musobaqalari davomida tadbirlar oʻtadigan joylarda jamoat va transport harakati xavfsizligini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga, Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “Universiada-2004” musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonini keng yoritish tavsiya etilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-iyun,
282-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-iyundagi 282-sonli qaroriga 1-ILOVA
“Universiada-2004” sport musobaqalarining yakuniy bosqichiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita
TARKIBI
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-iyuldagi 319-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
