Dam olish kunini 1998-yil 29-avgust shanbadan 31-avgust dushanbaga koʻchirish toʻgʻrisida (316-son)
28.07.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni bayram qilinishi munosabati bilan mehnatkashlarning dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
dam olish kuni 1998-yil 29-avgust shanbadan 31-avgust dushanbaga koʻchirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 28-iyul,
316-son
