Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (315-son)
03.12.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika shaharlari va aholi punktlarining zamonaviy qiyofasini shakllantirish, ularni zamonaviy shaharsozlik normalariga muvofiqlashtirish hamda sanitariya-ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida respublikada aholi yashashi uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, yangi qulay uy-joylar qurish, yoʻl-transport hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, aholini ichimlik suv bilan taʼminlash, aholi punktlarini, ayniqsa qishloq joylarda obodonlashtirish boʻyicha izchil chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Shu bilan birga, respublika shaharlari va tumanlarida aholining qattiq maishiy chiqindilarini tashib ketishni tashkil etish ishlari qoniqarsiz holatdadir, deyarli barcha shaharlarda aholining qattiq maishiy chiqindilarini tashib ketish tizimli asosda amalga oshirilmayapti, sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning moddiy-texnika bazasi maxsus texnika bilan zarur miqdorda taʼminlanmagan, mavjud poligonlar sanitariya qoidalari va normalariga javob bermaydi, bir qator joylarda tartibsiz tashkil etilgan axlatxonalardan foydalanilmoqda.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ularga qattiq maishiy chiqindilarni yoʻqotish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish hamda qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish va utilizatsiya qilish tashkilotlarini barpo etishga koʻmaklashish boʻyicha “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq berilgan vakolatlar toʻliq darajada roʻyobga chiqarilmayapti.
Aholi turmush darajasi va sifatini oshirish chora-tadbirlari kompleksini bajarish, joylarda sanitariya va ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, aholining qattiq maishiy chiqindilarini tashib ketish va joylashtirish boʻyicha sanitariya jihatidan tozalash borasida oʻz vaqtida va sifatli xizmatlarni samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar respublika mintaqalarida aholining qattiq maishiy chiqindilarini tashib ketish boʻyicha sanitariya jihatidan tozalashni tashkil qilishning asosiy vazifalari etib belgilansin:
shaharlar va aholi punktlarining tashqi qiyofasiga boʻlgan zamonaviy shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda, qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish va ularni sanitariya qoidalari va normalariga qatʼiy muvofiq holda joylashtirish ishlarining tashkil etilishini taʼminlash;
barcha bosqichlarda, shu jumladan poligonlarda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash, sortlarga ajratish, tashish, poligonlarda koʻmib tashlashda sanitariya jihatidan tozalash obyektlaridan foydalanish va saqlash hamda ularni sanitariya va ekologiya talablariga muvofiq holda utilizatsiya qilish ishlarini tashkil etish;
aholi bandligini oshirish, sanitariya jihatidan tozalash sohasidagi ishlarni samarali tashkil etish uchun qoʻshimcha ish oʻrinlari va shart-sharoitlar yaratish;
qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
qattiq maishiy chiqindilar bilan ishlash obyektlarining sanitariya va ekologik holati yuzasidan jamoatchilik nazoratini taʼminlash.
2. Quyidagilar:
2014-2015-yillarda respublika shaharlarida sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni maxsus texnika bilan jihozlash dasturi 1-ilovaga* muvofiq;
2014-2015-yillarda tumanlarning obodonlashtirish boshqarmalarini maxsus texnika bilan jihozlash dasturi 2-ilovaga* muvofiq;
2014-2015-yillarda respublika aholi punktlarida axlatlarni toʻplash shoxobchalarini qurish va ularni konteynerlar bilan jihozlash dasturi 3-ilovaga* muvofiq;
2014-2015-yillarda obodonlashtirish boshqarmalarining faoliyat koʻrsatayotgan qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini tartibga solish va ularni maxsus texnika bilan jihozlash dasturi 4-ilovaga* muvofiq;
2014-2015-yillarda sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning faoliyat koʻrsatayotgan qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini tartibga solish va ularni maxsus texnika bilan jihozlash dasturi 5-ilovaga* muvofiq;
2014-2015-yillarda respublika mintaqalarida obodonlashtirish boshqarmalarining qattiq maishiy chiqindilar yangi poligonlarini qurish va ularni maxsus texnika bilan jihozlash dasturi 6-ilovaga* muvofiq;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan dasturlarni moliyalashtirish manbalari 7-ilovaga* muvofiq;
*1 — 7-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
2014-2015-yillarda respublika shaharlarida, tumanlar markazlarida, shahar posyolkalarida va qishloq aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalashni tashkil etishga doir kompleks tadbirlar (keyingi oʻrinlarda Kompleks tadbirlar deb ataladi) 8-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari darajasida Kompleks tadbirlarni bajarish boʻyicha ishchi guruhlar tarkiblari 9 va 10-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi quyidagilarni belgilangan tartibda taʼminlasinlar:
uch oy muddatda — axlatlarni toʻplash shoxobchalari va qattiq maishiy chiqindilar poligonlari qurish uchun shaharlar, tumanlar va qishloq aholi punktlarida yer uchastkalarini tanlash va ajratish;
axlatlarni toʻplash shoxobchalari va qattiq maishiy chiqindilar poligonlari qurishning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda manzilli roʻyxatlarini tasdiqlash;
har yili 1-yanvargacha — tanlov savdolari oʻtkazish, pudrat shartnomalarini belgilangan tartibda tuzish hamda axlatlarni toʻplash shoxobchalari va qattiq maishiy chiqindilar poligonlari qurishning yakuniy manzilli roʻyxatlarini tasdiqlash;
tasdiqlangan dasturlarning, Kompleks tadbirlarning va ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish;
kelgusida tashib ketish xarajatlarini kamaytirish maqsadida, chiqitsiz qayta ishlashni hisobga olgan holda, qattiq maishiy chiqindilarni sortlarga ajratish va utilizatsiya qilishni tashkil etishga doir tadbirlar kompleksini ishlab chiqish;
ular oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini oʻrnatgan holda qattiq maishiy chiqindilarni sortlarga ajratish va qayta ishlash boʻyicha tijorat tashkilotlari tashkil etish.
4. Belgilansinki, qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish xizmatlari koʻrsatish:
shaharlarda — sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan;
tumanlar markazlarida, shahar posyolkalarida va qishloq aholi punktlarida — obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
5. Belgilab qoʻyilsinki, shaharlarda axlatlarni toʻplash shoxobchalari qurilishi tugallangach va ular konteynerlar bilan jihozlangach axlatlarni toʻplash shoxobchalari, kelgusida ulardan foydalanish uchun, sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan tekin foydalanish uchun beriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi qattiq maishiy chiqindilarni koʻmib tashlash boʻyicha yangidan tashkil etilayotgan poligonlarni davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazishni hamda qattiq maishiy chiqindilarni koʻmib tashlash va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrini yuritishni taʼminlasin.
7. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishuv boʻyicha, yetkazib berish jadvallarini tasdiqlagan holda, 1, 2, 4, 5 va 6-ilovalarga muvofiq maxsus avtotransport (axlat tashigichlar, agʻdarma mashinalar)ning oʻz vaqtida ishlab chiqarilishini va yetkazib berilishini taʼminlasin.
Sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar hamda obodonlashtirish boshqarmalari maxsus avtotransportni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida roʻyxatdan oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻim toʻlashdan ozod qilinsin.
8. Tijorat banklariga, maxsus texnika sotib olish, qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini tartibga solish va jihozlash uchun sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga 1 va 5-ilovalarga muvofiq imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi amalga oshirilgan ishlarning yakunlari boʻyicha, bajarilgan ishlarning hajmlari, sifati va obyektlarni ishga tushirish muddatlarining tasdiqlangan dasturlarga, manzilli roʻyxatlarga hamda loyiha-smeta hujjatlarga muvofiqligini tekshiruvdan oʻtkazsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 10-yanvardagi 4-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 1-son, 2-modda) 11-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I.Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 3-dekabr,
315-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-son qaroriga 8-ILOVA
2014-2015-yillarda respublika shaharlari, tumanlar markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalashni tashkil etishga doir
kompleks tadbirlar
*1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
2014-2015-yillarda respublika shaharlari, tumanlar markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalashni tashkil etishga doir kompleks tadbirlarga 3-ILOVA
Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish va koʻmib tashlashni tashkil etish va nazorat qilish
modeli
Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketishni tashkil etish sxemasi Masʼullar Nazorat I. Ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni va tuman obodonlashtirish boshqarmalarini tashkil etish va jihozlash Shaharlar va tumanlar hokimliklari, “Oʻzavtosanoat” AK, tijorat banklari, ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, tuman obodonlashtirish boshqarmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzavtosanoat” AK, “Oʻzkommunxizmat” agentligi Shaharlarda: Quyidagilar: “GPS” uzoqdan turib nazorat qilish avtomatlashtirilgan tizimini oʻrnatgan holda maxsus texnikaning zarur soni; garaj; avtoustaxona va avtoyuvish; tibbiyot punkti; maʼmuriy bino mavjud boʻlgan holda sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar infratuzilmasini tashkil etish. Tuman markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida yashovchi aholiga xizmat koʻrsatish uchun tuman markazlarida: Tuman obodonlashtirish boshqarmalarida qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha alohida xoʻjalik hisobidagi uchastkani tashkil et ish va uni jihozlash: maxsus texnikaning zarur soni; garaj; avtoustaxona va avtoyuvish; tibbiyot punkti; maʼmuriy bino. II. Qattiq maishiy chiqindilar bilan ishlash obyektlarini tashkil etish va joylashtirish 1. Har bir shaharda sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va tuman markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida tuman obodonlashtirish boshqarmalarining qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha alohida xoʻjalik hisobidagi uchastkalari tomon�dan xizmat koʻrsatiladigan hududni aniq taqsimlash. 2. Aholi punktlarida zarur boʻlgan konteynerlar va axlat toʻplash maydonchalari sonini aniqlash va joylashtirish. 3. Yangi tashkil etiladigan poligonlar uchun yer uchastkalari ajratish va ularni joylashtirish. 4. Aholi punktlari hududlari izchil qamrab olinishi hisobga olingan holda tuzilgan qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketishning kundalik reja-jadvalini ishlab chiqish. 5. Maxsus avtotransport vositalari harakati yoʻnalishini ishlab chiqish. Shaharlar va tumanlar hokimliklari, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining; Sogʻliqni saqlash vazirligining; “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining hududiy organlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi; Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi; Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davarxitektqurilish” qoʻmitasi “Oʻzkommunxizmat” agentligi III. Axlatlarni toʻplash shoxobchalari qurish va ularni ilova qilinayotgan maketlarga muvofiq konteynerlar bilan jihozlash Shaharlar va tumanlar hokimliklari, ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari IV. Qattiq maishiy chiqindilarning yangi poligonlarini qurish, ishlab turgan va yangi qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini maxsus texnika bilan jihozlash Shaharlar va tumanlar hokimliklari, “Oʻzavtosanoat” AK, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, ixtisoslashtirilgan tashkilotlar hamda shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari V. Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha xizmatlarga tariflarni tasdiqlash Hududiy moliya boshqarmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Moliya vazirligi VI. Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash, transportda tashish va koʻmishni tashkil etish 1. Sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha tashkilotlarning xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarni xatlovdan oʻtkazish. 2. Sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va tuman obodonlashtirish boshqarmalarining qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha xoʻjalik hisobidagi uchastkalari tomonidan xatlov natijasida aniqlangan isteʼmolchilar bilan shartnomalar tuzish. 3. Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha sifatli xizmatlar koʻrsatish. Shaharlar va tumanlar hokimliklari, ixtisos-lashtirilgan tashkilotlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining; Davlat statistika qoʻmitasining; Sogʻliqni saqlash vazirligining; Davlat soliq qoʻmitasining; Ichki ishlar vazirligining hududiy boshqarmalari; fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi VII. Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilganligi uchun mablagʻlarning oʻz vaqtida yigʻilishini tashkil etish Shaharlar va tumanlar hokimliklari, ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari VIII. Qattiq maishiy chiqindilar bilan ishlash masalalarida huquqiy va sanitariya-ekologik savodxonlikni oshirish boʻyicha aholi oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borish Shaharlar va tumanlar hokimliklari, ixtisos-lashtirilgan tashkilotlar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, ommaviy axborot vositalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, MTRK
Shaharlarda axlat toʻplash shoxobchasining NAMUNAVIY MAKETI
Tuman markazlarida axlatlarni toʻplash shoxobchasining NAMUNAVIY MAKETI
Shahar tipidagi posyolkalarda va qishloq aholi punktlarida axlatlarni toʻplash shoxobchasining NAMUNAVIY MAKETI
Konteynerning namunasi
Konteynerlar 2 mm qalinlikdagi poʻlatdan tayyorlanadi.
Qattiqlik qovurgʻasi mavjudligi konstruksiyaning mustahkamligini oshiradi.
Gabarit oʻlchamlari:
uzunligi — 900 mm;
kengligi — 900 mm;
balandligi — 1005 mm;
sigʻimi — 750 l (0,75 m kub);
yuk koʻtarishi — koʻpi bilan 210 kilogramm;
konteyner massasi — koʻpi bilan 70 kilogramm;
korroziyaga qarshi qoplama tipi — emal;
rangi — yashil.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-son qaroriga 9-ILOVA
2014-2015-yillarda respublika shaharlari, tuman markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalashni tashkil etish kompleks tadbirlarini bajarish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari darajasidagi ishchi guruh
TARKIBI
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari — Hududiy ishchi guruh rahbarlari.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vaziri, viloyatlar moliya boshqarmalari boshliqlari — ishchi guruh rahbarining oʻrinbosarlari.
3. Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hududiy boshqarmalari boshliqlari.
4. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati hududiy markazlari boshliqlari.
5. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi hududiy boshqarmalari boshliqlari.
6. Davlat raqobat qoʻmitasi hududiy boshqarmalari boshliqlari.
7. Davlat statistika qoʻmitasi hududiy boshqarmalari boshliqlari.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari.
9. “Mahalla” fondi hududiy organlari raislari.
10. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmalari raislari.
11. Oʻzbekiston MTRK va boshqa ommaviy axborot vositalari hududiy boʻlinmalari rahbarlari.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-son qaroriga 10-ILOVA
2014-2015-yillarda respublika shaharlari, tuman markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalashni tashkil etish kompleks tadbirlarini bajarish boʻyicha shaharlar va tumanlar hokimliklari darajasidagi ishchi guruh
TARKIBI
1. Shahar va tuman hokimlari — Ishchi guruh rahbarlari.
2. Shahar va tuman moliya boʻlimlari mudirlari — Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosarlari.
3. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati shahar va tuman markazlari boshliqlari.
4. Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi shahar va tuman inspeksiyalari boshliqlari.
5. Davlat statistika qoʻmitasi shahar va tuman boʻlinmalari boshliqlari.
6. Shahar va tuman ichki ishlar boʻlimlari boshliqlari.
7. “Mahalla” fondi shahar va tuman boʻlinmalari raislari.
8. Shahar va tuman xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmalari raislari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari.
9. Sanitariya jihatidan tozalash va obodonlashtirish boshqarmasi ixtisoslashtirilgan tashkilotlari rahbarlari.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-son qaroriga 11-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 10-yanvardagi 4-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish, tashish va koʻmib tashlash”
2. 1-ilovada:
4-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish, tashish va koʻmib tashlash”.
5-bandda:
quyidagi mazmundagi oʻn yettinchi va oʻn sakkizinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha pulli sanitariya-tozalash xizmatlari koʻrsatish;
obodonlashtirish boshqarmalarining axlatlarni yigʻish shoxobchalarini va qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq saqlash va ulardan foydalanish”;
oʻn yettinchi xatboshi oʻn toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. 3-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
