Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-sentabrdagi 193-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bosh, ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari roʻyxatiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (2531-son)
02.12.2013
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 2-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2531]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-sentabrdagi “Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati faoliyatini tashkil etishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 193-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2010-y., 9-son, 47-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-sentabrdagi 193-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bosh, ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq 2014-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 19-noyabr,
105-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 19-noyabrdagi 105-son buyrugʻiga ILOVA
Bosh, ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2013-yil 19-noyabr
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2013-yil 19-noyabr
