Shanxay hamkorlik tashkilotining 2002-yil 7-iyunda Sankt-Peterburg shahrida (Rossiya Federatsiyasi) imzolangan Xartiyasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi bayonnomani ratifikatsiya qilish haqida (572-II-son)
12.12.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Shanxay hamkorlik tashkilotining 2002-yil 7-iyunda Sankt-Peterburg shahrida (Rossiya Federatsiyasi) imzolangan Xartiyasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnoma ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2003-yil 12-dekabr,
572-II-son
