2005-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekishni uyushqoqlik bilan oʻtkazish chora-tadbirlari, don yetishtirish va davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish hajmlari toʻgʻrisida (440-son)
22.09.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
[Koʻchirma]
Respublikaning yer resurslaridan samarali foydalanish, boshoqli don ekinlarini navlar boʻyicha oqilona joylashtirish, kuzgi ekishni maqbul muddatlarda oʻtkazishda qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan tayyorlov tashkilotlari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini umumlashtirish asosida tayyorlangan:
2005-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarining tezpishar va serhosil navlari joylashtiriladigan ekin maydonlari va ularni navlar boʻyicha joylashtirish toʻgʻrisida 1-ilovaga muvofiq;
2005-yil hosilidan 2 va 3-ilovalarga muvofiq yuqori sifatli boshoqli don ekinlari urugʻligi tayyorlash va yetkazib berish hajmlari toʻgʻrisidagi;
boshoqli don ekinlari navlarini joylashtirish hamda Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot instituti va uning filiallari tomonidan 2005-yil hosilidan superelita urugʻlik tayyorlanishi toʻgʻrisida 4-ilovaga muvofiq takliflari qabul qilinsin.
2. Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari birinchi navbatda davlat ehtiyojlari uchun don xarid qilish boʻyicha shartnomaviy majburiyatlarni bajarishi va faqat shundan keyin oʻz ehtiyojlari uchun don tayyorlashni taʼminlashi tartibi belgilansin.
3. Donning elita urugʻlarini va birinchi reproduksiyalarini tayyorlashga masʼuliyatsizlarcha munosabatda boʻlishning mavjud holatlari qoralansin, buning natijasida eng serhosil va Oʻzbekistonning sharoitlariga moslangan boshoqli don ekinlari navlarini ekish qisqarmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri (Sh.M. Mirziyoyev) bunday holatlarni aniqlasin va bunday holatlarga yoʻl qoʻyilishida aybdor boʻlgan shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritsin.
4. “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda boshoqli don ekinlarining yuqori sifatli urugʻligi tayyorlanishini va ularning 2 va 3-ilovalarga muvofiq hajmlarda yetkazib berilishini taʼminlasin;
2005-yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun boshoqli don ekinlari donini xarid qilishga kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini 2004-yil 5-oktabrgacha tugallasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsuloti uchun hisob-kitob qilish jamgʻarmasi bilan birgalikda 2005-yil hosili doniga xarid narxlari tasdiqlangunga qadar 2004-yil hosili doniga oʻrtacha shakllangan narxlar boʻyicha texnologiya kartalari boʻyicha muddatlar va kutilayotgan xarajatlarga binoan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan boshoqli don ekinlari yetishtirishga bosqichma-bosqich avans berib borsin;
respublikaning elita-urugʻchilik xoʻjaliklarining buyurtmanomalari boʻyicha 2004-yil kuzgi ekish uchun xorijiy ilmiy muassasalardan 240 tonna superelita bugʻdoy urugʻi, shuningdek ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun 50 tonna kuzgi javdar urugʻi keltirilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi 6-ilovaga muvofiq boshoqli don ekinlari navlarining superelita va elita urugʻlari viloyatlararo tashilishini taʼminlasinlar.
6. Kuzgi ekishga boshoqli don ekinlarining sifatli, kalibrlangan, sertifikatlangan urugʻlarini tayyorlash hamda sugʻoriladigan yerlarda asosan I klassdan past boʻlmagan birinchi-ikkinchi reproduksiyali urugʻlar, lalmi yerlarda uchinchi reproduksiyadan past boʻlmagan urugʻlar ekilishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, “Oʻzdonmahsulot” kompaniyasi raisi zimmasiga yuklansin.
Boshoqli don ekinlarini kuzgi ekish natijalari toʻgʻrisida 2004-yil 1-dekabrdan kechikmay Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari ekish kompaniyasini tugallash yakunlariga boʻyicha 2005-yil 1-fevraldagi holatiga koʻra, 2005-yil hosili oziq-ovqat bugʻdoyi yetishtirish va davlat resurslaridan foydalanish balansini ishlab chiqish uchun 2005-yil hosili boshoqli ekinlar doni yetishtirish hajmlari boʻyicha prognoz hisob-kitoblarni tayyorlasinlar.
8. “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan olib kelinayotgan bugʻdoyning 240 tonna superelita va kuzgi javdarning 50 tonna hajmidagi urugʻlari bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻimlardan tashqari) ozod qilinsin.
Belgilab qoʻyilsinki, 2004-yildan boshlab ham respublika tashqarisidan olib kelingan, ham respublikada yetishtirilgan boshoqli ekinlar urugʻlari don xomashyosi qiymati chegirib tashlangan holda qayta ishlovchi korxonalarning xarajatlari uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini oʻz ichiga oluvchi narxlar boʻyicha sotiladi.
9. “Oʻzkimyosanoat” kompaniyasi tuzilgan shartnomalardan kelib chiqib, texnologiya kartalari talablariga muvofiq gʻalla ekuvchi xoʻjaliklarga mineral oʻgʻitlar, gerbitsidlar va boshqa kimyoviy preparatlarning oʻz vaqtida yetkazib berilishini taʼminlasin.
10. “Oʻzagromashservis” uyushmasi, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” va “Oʻzneftmahsulot” kompaniyalari tuzilgan shartnomalarga muvofiq:
kuzgi don ekishda, yerlarni haydashda, haydov traktorlari va seyalkalarni tayyorlashda, ularga ehtiyot qismlar, uzellar va agregatlar keltirishda qishloq xoʻjaligi kooperativlariga (shirkat xoʻjaliklariga), fermer xoʻjaliklariga va boshqa gʻalla ekuvchi xoʻjaliklarga amaliy yordam koʻrsatish;
neft mahsulotlari qiymatining 30 foizi oldindan toʻlangandan keyin ularni belgilangan limitlar doirasida, shuningdek belgilangan tartibda birja savdolari orqali oʻz vaqtida va uzluksiz yetkazib berish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 22-sentabr,
440-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-sentabrdagi 440-son qaroriga 1-ILOVA
2005-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarining tezpishar va serhosil navlarini joylashtirish
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-sentabrdagi 440-son qaroriga 2-ILOVA
2005-yilda “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan boshoqli don ekinlarining yuqori sifatli urugʻini tayyorlash
HAJMI
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-sentabrdagi 440-son qaroriga 3-ILOVA
2005-yilda “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan sugʻoriladigan yerlar uchun boshoqli don ekinlarining yuqori sifatli urugʻi yetkazib berilishi
HAJMI
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-sentabrdagi 440-son qaroriga 4-ILOVA
Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot instituti va uning filiallari tomonidan 2005-yil hosilidan boshoqli don ekinlari navlarini joylashtirish va superelita urugʻlik tayyorlash boʻyicha
topshiriq
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-sentabrdagi 440-son qaroriga 6-ILOVA
2005-yil hosilidan boshoqli don ekinlari navlarining superelita va elita urugʻlarini viloyatlararo tashish boʻyicha
topshiriq
