Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida (461-son)
23.10.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tasdiqlansin:
2003-yil 4-iyul kuni Yalta shahrida imzolangan GOʻUOM davlatlari hukumatlari oʻrtasida bojxona ishlari boʻyicha oʻzaro yordam va hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
2003-yil 4-iyul kuni Yalta shahrida imzolangan GOʻUOM davlatlari oʻrtasida savdo va transportni rivojlantirish boʻyicha oʻzaro Anglashuv memorandumi;
2003-yil 4-sentabr kuni Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim .
2. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yuborsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va tegishli vazirliklar hamda idoralar rahbarlari mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 23-oktabr,
461-son
