Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qoʻmitasi xodimlarining turmush sharoitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (268-son)
23.09.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi xodimlarining ijtimoiy himoyasini yanada yaxshilash va ularga munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi, Toshkent, Angren, Bekobod va Chirchiq shaharlari hokimliklarining ilovadagi roʻyxatga muvofiq koʻchmas mulk obyektlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi balansiga tasarruf etish huquqisiz bepul oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Toshkent, Angren, Bekobod va Chirchiq shaharlari hokimliklari bir hafta muddatda mazkur qarorning ilovasiga muvofiq koʻchmas mulk obyektlarining topshirilishini, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi esa belgilangan tartibda balansga qabul qilinishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
oʻzining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlarini kapital qurish va zarur texnik jihozlash, shuningdek, unga tutash hududni rivojlantirish;
qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi xodimlarining uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida foydalanilishini taʼminlasin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi “Davlat mulki obyektlaridan oqilona foydalanish va ularni tasarruf etishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 251-son qarorining 2-ilovasi 102-qatori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.A. Xoʻjayev va E.M. Gʻaniyevga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 23-sentabr,
268-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-sentabrdagi 268-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi balansiga tasarruf etish huquqisiz bepul beriladigan koʻchmas mulk obyektlari
ROʻYXATI
* Bu hudud qurilishi tugallanmagan obyektlar loyihalari, qurilish tugallanganidan soʻng, yakuniy maydon kadastr hujjatlari asosida aniqlanadi.
