Traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (88-son)
01.02.2013
Buxoro viloyati Kogon tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi nizomi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 50-son, 559-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2004-yil 15-noyabrdagi 248-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 50-son, 508-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 17-dekabrda 1432-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan) hamda tumanda 2013-yil qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
1. Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 1-ilovaga, tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasining tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tuman qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha inspektori (J. Ergashev)ga:
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha rusumdagi qishloq xoʻjalik va meliorativ yoʻl qurilish texnika vositalari, mashina asbob-uskunalarni yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi jadvalni yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish;
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha rusumdagi qishloq xoʻjalik va meliorativ yoʻl qurilish texnika vositalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maydonchalariga yigʻish;
texnik koʻrikdan oʻtgan texnikalarni dalolatnomalar asosida ishlashga ruxsat berishni tashkil qilish vazifasi topshirilsin.
3. Texnik koʻrik boshlanishidan kamida oʻn kun oldin yuridik shaxslar tuman qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha inspektoriga quyidagi hujjatlarni taqdim etsin:
yuridik shaxsning rahbari yoki vakolat berilgan shaxs tomonidan imzolangan, yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan texnik koʻrikdan oʻtish kerak boʻlgan mashinalar toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
texnik koʻrikdan oʻtkazganlik uchun yigʻimning belgilangan summasi toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (toʻlov topshirigʻi, kvitansiyasi);
mukammal taʼmirlashda, xizmat safarida boʻlgan ijaraga berilgan mashinalar sonini tasdiqlovchi maʼlumotlar.
4. Tuman hokimi oʻrinbosari Gʻ. Djunaitov tumandagi korxona, tashkilot, mashina-traktor parki ochiq aksiyadorlik jamiyati, muqobil mashina-traktor parklari, fermer xoʻjaliklar va fuqarolarda mavjud boʻlgan mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, qishloq xoʻjaligi va meliorativ, yoʻl qurilish texnikalarini, mashina asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan yigʻimlarni toʻlashga amaldagi tartiblarga asosan amaliy yordam berish topshirilsin.
5. Ushbu qaror “Kogon hayoti” gazetasida eʼlon qilinsin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari F. Jalliyev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim S. HAMROYEV
Kogon t.,
2013-yil 1-fevral,
88-son
Tuman hokimining 2013-yil 1-fevraldagi 88-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish
jadvali
Izoh: hududlardagi shaxsiy va fermer xoʻjaliklarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjalik texnikalari shu hududdagi MMTPlarda belgilangan vaqtda texnik koʻrikdan oʻtish uchun yigʻiladi.
Tuman hokimining 2013-yil 1-fevraldagi 88-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasining
tarkibi
