Xorazm Maʼmun akademiyasining 1000 yilligini nishonlash toʻgʻrisida (532-son)
09.11.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan Xorazm Maʼmun akademiyasining boy ilmiy merosini har tomonlama oʻrganish, yosh avlod qalbida milliy iftixor va mamlakatimizning tarixiy oʻtmishiga chuqur hurmat tuygʻusini kamol toptirish, shuningdek Xorazm Maʼmun akademiyasining 1000 yillik yubileyi yuksak tashkiliy darajada nishonlanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. YUNESKO Bosh konferensiyasining 32-sessiyasida Xorazm Maʼmun akademiyasining 1000 yilligini nishonlash boʻyicha yubiley tadbirlarida YUNESKOning ishtirok etishi haqida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Xorazm Maʼmun akademiyasining 1000 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha Respublika tashkiliy qoʻmitasi tarkibi hamda tadbirlar dasturi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Tashkiliy qoʻmita (Sh.M.Mirziyoyev) Xorazm Maʼmun akademiyasining 1000 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha 2-ilovaga muvofiq chora-tadbirlar kompleksining amalga oshirilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, “Ibn Sino” hamda “Oltin meros” jamgʻarmalari, Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda 2005-yil oktyabr oyida “Xorazm Maʼmun akademiyasi va uning jahon ilm-fani taraqqiyotidagi oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni taʼminlasin.
4. Xorazm viloyati hokimligi manfaatdor vazirliklar, idoralar, jamoat tashkilotlari hamda jamgʻarmalar bilan birgalikda Xorazm Maʼmun akademiyasining 1000 yilligini nishonlash doirasida Urganch va Xiva shaharlarida oʻtkazilishi belgilangan tadbirlarni amalga oshirsin.
5. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi Xorazm Maʼmun akademiyasining jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga qoʻshgan tarixiy hissasining keng reklama va targʻib qilinishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari Xorazm Maʼmun akademiyasining 1000 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uning oʻtkazilishini keng yoritsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 9-noyabr,
532-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-noyabrdagi 532-son qaroriga 1-ILOVA
Xorazm Maʼmun akademiyasining 1000 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi
TARKIBI
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-noyabrdagi 532–son qaroriga 2-ILOVA
Xorazm Maʼmun akademiyasining 1000 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tadbirlari
DASTURI
