Bayram kunlarida tuman hududida Davlat bayrogʻini koʻtarish toʻgʻrisida (441-q-son)
20.08.2013
Samarqand viloyati Tayloq tumani hokimining
QarorI
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 27-modda) talablaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-iyundagi PQ-1984-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, mazkur bayramni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududining “Mustaqillik” bayrami tadbirlari boʻlib oʻtadigan Tayloq shaharchasidagi TIP-1 oʻyingohida 2013-yilning 29-avgust kunidan boshlab 3-sentabrgacha, har kuni soat 06-00 dan 22-00 gacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi koʻtarilsin.
2. Tuman hududida yuqorida belgilangan kun va vaqtlarda Davlat bayrogʻi koʻtariladigan korxona, muassasa, tashkilotlar roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*1-ilova berilmaydi.
3. Belgilangan kunlarda Davlat bayroqlarini koʻtarish va tushirish 1-ilovada koʻrsatilgan barcha tashkilot, korxona, muassasalar rahbarlari zimmalariga yuklatilsin.
4. Tuman ichki ishlar boʻlimi “Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonun hamda mazkur qaror talablarini bajarilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
5. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Gʻ.Quliyev zimmasiga yuklatilsin.
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim P. AXMEDOV
Tayloq sh,
2013-yil 20-avgust,
441-q-son
