Bayram kunlarida shahar hududida Davlat bayrogʻini koʻtarish toʻgʻrisida (564-q-son)
08.08.2013
samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 27-modda) talablaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-iyundagi PQ-1984-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, mazkur bayramni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Shahar hududining “Mustaqillik” bayrami tadbirlari boʻlib oʻtadigan Istirohat bogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi 2013-yil 27-avgust kunidan boshlab 3-sentabrgacha, har kuni soat 06-00 da koʻtarilib, 22-00 da tushirilsin.
2. Shahar hududida yuqorida belgilangan kun va vaqtlarda Davlat bayrogʻi koʻtariladigan korxona, muassasa, tashkilotlar roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova berilmaydi.
3. Belgilangan kunlarda Davlat bayroqlarini koʻtarish va tushirish 1-ilovada koʻrsatilgan barcha tashkilot, korxona, muassasalar rahbarlari zimmalariga yuklatilsin.
4. Shahar ichki ishlar boʻlimi “Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonun hamda mazkur qaror talablarini bajarilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
5. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish shahar hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi B. Ahmadov zimmasiga yuklatilsin.
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim S. RAZZAQOV
Kattaqoʻrgʻon sh.,
2013-yil 8-avgust,
564-q-son
