Tumanda traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (122-Q-son)
07.03.2013
Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2004-yil 15-noyabrdagi 248-son buyrugʻi talablarini bajarish hamda viloyat hokimligi huzuridagi “Mashina va asbob-uskunalarning texnikaviy holatini nazorat qilish Davlat bosh inspeksiyasi”ning 2013-yil 7-yanvardagi 2-a-sonli qabul qilgan buyrugʻini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asoslanib qaror qilaman:
1. Tuman hududida joylashgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalar majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining tarkibi 1-ilovaga*, texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*1 va 2-ilovalar berilmaydi.
3. Tuman “Davtexnazorat” inspeksiyasi boshligʻi O. Egamberdiyevga:
majburiy texnik koʻrikdan oʻtkaziladigan traktor, tirkama, oʻzi yurar shassilar, meliorativ, yoʻl-qurilish mashinalarini texnik pasportlari, nazorat texnik talonlari, davlat raqam belgilari haqiqatda mavjudligini koʻrib chiqish va aniqlangan kamchiliklar boʻyicha ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
mashinalar sonini, ularning holatini, amalda mavjudligini, tegishliligini va boshqa roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini aniqlashtirish;
oʻtkaziladigan majburiy texnik koʻrik uchun tushadigan tushumlarni tumandagi yuridik va jismoniy shaxslardan undirish choralarini koʻrish yuklatilsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari K. Hamrayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim P. OʻSAROV
Kattaqoʻrgʻon t.,
2013-yil 7-mart,
122-Q-son
