Bayram kunlarida tuman hududida Davlat bayrogʻini koʻtarish toʻgʻrisida (693-q-son)
08.08.2013
Samarqand viloyati Urgut tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 27-modda) talablaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-iyundagi PQ-1984-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, mazkur bayramni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududining “Mustaqillik” bayrami tadbirlari boʻlib oʻtadigan Mustaqillik maydonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi 2013-yil 27-avgust kunidan boshlab 3-sentabrgacha, har kuni soat 06-00 da koʻtarilib, 22-00 da tushirilsin.
2. Tuman hududida yuqorida belgilangan kun va vaqtlarda Davlat bayrogʻi koʻtariladigan korxona, muassasa, tashkilotlar roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilangan kunlarda Davlat bayroqlarini koʻtarish va tushirish 1-ilovada* koʻrsatilgan barcha tashkilot, korxona, muassasalar rahbarlari zimmalariga yuklatilsin.
* 1-ilova berilmaydi.
4. Tuman ichki ishlar boʻlimi “Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonun hamda mazkur qaror talablarini bajarilishi yuzasidan qatʼi nazorat oʻrnatsin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Gʻ. Madarov zimmasiga yuklatilsin.
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim H. OQBOʻTAYEV
Urgut t.,
2013-yil 8-avgust,
693-q-son
