Tuman “Dehqon bozori” atrofida harakat xavfsizligini oldini olish va transport vositalari harakatlarini tartibga solish toʻgʻrisida (474-son)
29.05.2013
Xorazm viloyati Shovot tumani hokimining
Qarori
“Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga asosan, tuman markazidagi “Dehqon bozori” atrofida harakat xavfsizligini taʼminlash va transport vositalarini tartibga solish maqsadida qaror qilaman:
1. “Dehqon bozori” atrofida harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida haftaning yakshanba kunlari soat 8.00 dan 13.00 ga qadar Az-Zamaxshariy koʻchasining Tadbirkorlar, R. Avezmuratov va Yangiobod koʻchalari chorrahalari, Hunarmandlar koʻchasini N. Kubro koʻchasi chorrahalarigacha boʻlgan qismlarida transport vositalarining harakatlanishi taqiqlansin.
2. Yoʻlning ushbu qismlarida, haftaning har yakshanba kunlari harakatni taqiqlash, piyodalar xavfsizligini taʼminlash uchun zarur kuch va vositalar bilan taʼminlash tuman ichki ishlar boʻlimi (U. Abdullayev)ga yuklatilsin.
3. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2012-yil 7-apreldagi 36-f-sonli farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Qaror rasmiy nashrda eʼlon qilinsin va davlat hisobiga olish uchun adliya boshqarmasiga taqdim etilsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari, yoʻllarda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash komissiyasi raisi O. Xolboyevga yuklatilsin.
Hokim Q. QURYAZOV
Shovot sh.,
2013-yil 29-may,
474-son
