Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (202-son)
01.07.2013
Jizzax viloyati Yangiobod tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 18-bandiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududidagi yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati 2013-yil 30-iyungacha, jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalari uchun 2013-yil 31-avgustgacha belgilansin.
2. Transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 1-ilovaga*, texnik koʻrik oʻtkazish boʻyicha komissiya tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
3. Avtotransport vositalariga ega boʻlgan barcha korxona, tashkilot, muassasa va xususiy korxonalar rahbarlari va shaxsiy transport vositalari egalari mavjud transport vositalarini belgilangan muddatda texnik koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
4. Tuman IIB YHXB (A. Jabborov)ga 2013-yil uchun avtotransport vositalari texnik koʻrigi toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib borish, texnik koʻrikni belgilangan tartibda oʻz vaqtida oʻtkazish hamda koʻrik natijalari toʻgʻrisida tuman hokimligiga axborot berish vazifasi yuklatilsin.
5.Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Usmonov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim A. QOʻLDOShOV
Yangiobod sh.,
2013-yil 1-iyul,
202-son
