37-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamentiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qoʻmitalari va komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (83-II-son) · Sana: 26.05.2000 · Amalda
Oliy Majlis deputati faqat bitta fraksiyada yoki blokda boʻlishga haqli.
Fraksiyalar, bloklar oʻz faoliyatlarini Oliy Majlis tomonidan roʻyxatga olinganlaridan keyin amalga oshiradilar hamda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari doirasida ish olib boradilar.
Fraksiyalar, bloklar Oliy Majlis Kengashi, qoʻmitalari va komissiyalari bilan uzviy aloqada ishlaydilar.
Fraksiyaning, blokning faoliyati qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, birlashtirish, boʻlib yuborish) yoki tugatish yoʻli bilan toʻxtatilishi mumkin. Ushbu masala yuzasidan Oliy Majlis tegishli qaror qabul qiladi.
