“101-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamentiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qoʻmitalari va komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (83-II-son) · Sana: 26.05.2000 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi sessiyada oʻz vakolati muddatiga Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakilini saylaydi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili Oliy Majlis deputatlari orasidan saylanadi”
101, 102, 103 va 104-moddalari tegishincha 102, 103, 104 va 105-moddalar deb hisoblansin;
11) ruscha matni 2-moddasining ikkinchi qismidagi, beshinchi moddasining ikkinchi qismidagi, 13-moddasining birinchi qismidagi, 17-moddasining birinchi qismidagi, 23-moddasidagi, V bobining nomidagi, 48, 50, 51 va 52-moddalaridagi, 58-moddasining birinchi qismidagi, 60, 69 va 70-moddalaridagi, 71-moddasining birinchi va ikkinchi qismlaridagi, 73, 76, 78 va 86-moddalaridagi, 87-moddasining birinchi va uchinchi qismlaridagi, 89, 90 va 95-moddalaridagi tegishli kelishikdagi “Sovet (Kengash)” degan soʻzlar shunday kelishikdagi “Kengash” degan soʻz bilan almashtirilsin.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 5-maydagi Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qoʻmitalari va komissiyalari toʻgʻrisidagi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 98-modda):
1) 2-moddasining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis qabul qilgan qarorlar ijrosi ustidan nazorat qilish, shuningdek ularni amalga oshirishga koʻmaklashishdan iborat”;
2) 36-moddasi chiqarib tashlansin;
3) 39-moddasining toʻrtinchi xatboshisidagi “ish qogʻozlarini yuritadi” degan soʻzlar “ish qogʻozlarini yuritish uchun javobgar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) ruscha matni 5-moddasining birinchi qismidagi, 11-moddasining birinchi qismidagi, 23-moddasining birinchi qismidagi, 29, 33, 34 va 35-moddalaridagi, 37-moddasining oltinchi, yettinchi va toʻqqizinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “Sovet (Kengash)” degan soʻzlar shunday kelishikdagi “Kengash” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 26-may,
83-II-son
