2002-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini kuzgi ekishni uyushqoqlik bilan oʻtkazish masalalari, don yetishtirish va davlat resurslariga xarid qilish hajmlari toʻgʻrisida (373-son)
14.09.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
[Koʻchirma]
Respublika mintaqalarining tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda 2002-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini navlar boʻyicha oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrish, kuzgi ekishni oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish, shuningdek sugʻoriladigan va lalmi yerlardan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan 2002-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarining tezpishar va serhosil navlarini joylashtirish boʻyicha takliflari 1 va 2-ilovalarga muvofiq qabul qilinsin, boshoqli don ekinlari maydonlarini 2001-yilga nisbatan sugʻoriladigan yerlarda 37 ming gektarga koʻpaytirish nazarda tutilsin.
3. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi:
2001-yilning 1-oktabrigacha boshoqli don ekinlari urugʻliklarini tozalash, navlarga ajratish, sarxillash, sertifikatsiyalash, qoplarga joylashtirish va sotish ishlarini tugatsin. Xoʻjaliklarga konditsiyasiz va dorilanmagan urugʻlar berilishiga yoʻl qoʻymasin;
2002-yil hosili uchun respublikaning elita-urugʻchilik xoʻjaliklariga boshoqli don ekinlarining 1,2 ming tonna superelita va elita urugʻlari xorijiy ilmiy muassasalardan olib kelinishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2001-yil 15-oktabrgacha 2002-yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun boshoqli don xarid qilishga kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini taʼminlasin. 2002-yil hosili doniga xarid narxlari belgilangan tartibda tasdiqlangunga qadar qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga 2001-yil don hosiliga shakllangan xarid (preyskurant va shartnoma) narxlaridan kelib chiqib avans berilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bidan birgalikda 2001-yil hosilidan 4 va 5-ilovalarga muvofiq hajmlarda yuqori sifatli boshoqli don ekinlari urugʻligi tayyorlanishini taʼminlasin.
4. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Andijon va Samarqand viloyatlaridan boshoqli don ekinlari urugʻliklarini tashish uchun vagonlar uzluksiz berilishini taʼminlasin.
5. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklarining muhim vazifalari hisoblansin:
mazkur qarorda tasdiqlangan boshoqli don ekinlarining navlar boʻyicha joylashtirilishiga qatʼiy amal qilgan holda bugʻdoyning tezpishar va sermahsul navli urugʻlarini ekish. Meliorativ holati yomon boʻlgan shoʻrlangan yerlarga tuproq oldindan yuvilgandan keyin ekish;
sugʻoriladigan yerlarda boshoqli don ekinlarini 6-ilovaga muvofiq qulay agrotexnika muddatlarida ekishni tashkil etish.
Tuproqning sifatli tayyorlanishiga, dalalarni tekislash va begona oʻtlardan tozalashga, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarni ish holatiga keltirishga, noyabr oyida hamma joyda nihol toʻliq unib chiqishiga erishish uchun ekishdan keyin sugʻorish oʻtkazilishiga alohida eʼtibor qaratilsin.
Bu talablarning bajarilishi uchun xoʻjaliklar rahbarlari, tumanlar va viloyatlar hokimlariga shaxsan javobgarlik yuklansin.
6. “Oʻzkimyosanoat” (Hasanov), “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” (Yusupov) kompaniyalari don ekinlari uchun azotli, fosforli va kaliyli oʻgʻitlar oʻz vaqtida, ulardan fosforli (ammofos, superfosfat) va kaliyli oʻgʻitlar ekishdan oldin va ekish bilan birga solish uchun joriy yilning 10-oktabrigacha, azotli oʻgʻitlar esa 2002-yilning 1-martigacha yetkazib berilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasining don ekish mashinalarining zarur kompleksini taʼmirlash va tayyorlash tugallanganligi, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasining — xoʻjaliklarning buyurtmalari boʻyicha takomillashtirilgan konstruksiyali don seyalkalari va ularga ehtiyot qismlar tayyorlash tashkil etilganligi haqidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi, “Oʻzbekneftgaz”, “Oʻzneftmahsulot”, “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” kompaniyalari:
kuzgi don ekishda, eng avvalo oʻz vaqtida mineral oʻgʻitlar, neft mahsulotlarini yetkazib berishda, yerlarni haydashda, haydov traktorlari, seyalkalarni tayyorlashda, ularga ehtiyot qismlar, uzellar va agregatlar keltirishda xoʻjaliklarga aniq yordam koʻrsatish yuzasidan bir hafta muddatda tadbirlar ishlab chiqsinlar va oʻz tasarrufidagi har bir boʻlinmaga yetkazsinlar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2001-yil 15-sentabrgacha 2002-yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun boshoqli don xarid qilishga kontraktatsiya shartnomalarini Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi organlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazgan fermerlar, shirkat xoʻjaliklari va boshqa don yetishtiruvchilar bilan mineral oʻgʻitlar, neft mahsulotlari yetkazib berishga va mashina-traktor parklari xizmatlari koʻrsatilishiga shartnomalar tuzilishini taʼminlasinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 14-sentabr,
373-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 14-sentabrdagi 373-son qaroriga 1-ILOVA
2002-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini navlar boʻyicha joylashtirish
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 14-sentabrdagi 373-son qaroriga 2-ILOVA
Ekin maydoni va 2002-yil hosili boshoqli don ekinlari yalpi hosili
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 14-sentabrdagi 373-son qaroriga 4-ILOVA
2002-yilda “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi korxonalari tomonidan boshoqli don ekinlari urugʻi tayyorlash
HAJMI
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 14-sentabrdagi 373-son qaroriga 5-ILOVA
2002-yilda “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi korxonalari tomonidan sugʻoriladigan yerlar uchun boshoqli don ekinlari urugʻi yetkazib berish
hajmi
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 14-sentabrdagi 373-son qaroriga 6-ILOVA
Sugʻoriladigan yerlarda boshoqli don ekinlarini ekish
muddatlari
