Tuman hududidagi traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl qurilish mashinalari va traktor tirkamalari, qishloq xoʻjalik mashinalari va asbob-uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (q-126-son)
03.04.2013
Navoiy viloyati Nurota tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 345-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2004-yil 15-dekabrdagi 248-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Tuman hududidagi traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalari, qishloq xoʻjalik mashinalari va asbob-uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 1-ilovaga muvofiq, texnik koʻrikni oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Texnik koʻrikni oʻtkazish boʻyicha komissiya (B. Xoʻjaqulov) ga:
mashinalarning majburiy texnik koʻrigini mazkur nizomga muvofiq belgilangan tartib va muddatlarda oʻtkazish;
mashinalarning texnik holati, ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;
mashinalarning texnik holati va amaldagi xavfsizlikka muvofiqligini baholash;
mashinalar sonini, ularning holatini, amalda mavjudligini, tegishliligini va boshqa roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini aniqlashtirish;
texnik koʻrik boshlangunga qadar barcha diagnostika apparatlarini tekshirish va ish holatidaligini doimiy nazorat qilib borish;
texnik koʻrikdan oʻtkazganlik uchun yigʻimlarning oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash vazifasi yuklatilsin.
3. Tuman hududidagi barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlariga:
texnik koʻrik boshlanishidan kamida 10 kun oldin koʻrikdan oʻtishi kerak boʻlgan barcha turdagi qishloq xoʻjalik mashinalari soni toʻgʻrisidagi maʼlumotni, koʻrikdan oʻtkazish uchun yigʻimning belgilangan summasini tasdiqlovchi hujjatni tuman qishloq xoʻjalik texnikalari boʻyicha inspektoriga taqdim etish;
koʻrikdan oʻtadigan texnikalarni sifatli taʼmirlash va texnik koʻrik oʻtkazib, belgilangan vaqtda koʻrik chizigʻiga qoʻyish.
Tumandagi barcha jismoniy shaxslarga:
texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun oʻzlariga tegishli barcha turdagi qishloq xoʻjalik mashinalarini komissiya tomonidan belgilangan muddatlarda koʻrsatilgan joyga texnik soz holatda keltirib qoʻyish;
texnik koʻrikdan oʻtish uchun belgilangan yigʻim summasi toʻlanganligini tasdiqlovchi hamda boshqa soʻralgan tegishli hujjatlarni tuman komissiyasiga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Sh. Rustamov va tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi F. Yodgorovlar zimmalariga yuklatilsin.
5. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim Q. TURSUNOV
Nurota sh.,
2013-yil 3-aprel,
q-126-son
Tuman hokimining 2013-yil 3-apreldagi q-126-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tuman hududidagi traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalari, qishloq xoʻjalik mashinalari va asbob-uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
*mashina-traktor saroyi
Tuman hokimining 2013-yil 3-apreldagi q-126-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tuman hududidagi traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalari, qishloq xoʻjalik mashinalari va asbob-uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha
KOMISSIYA TARKIBI
