2013-yilda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida (130q-son)
29.01.2013
Xorazm viloyati Urganch shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi nizomga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi nizomning 5-bandiga muvofiq 2012-yilda ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolar uchun haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish ilovaga muvofiq korxona, tashkilotlarga yuklatilsin.
2. Urganch shahar Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (B. Qurbanov)ga ilovada keltirilgan korxona, tashkilotlar bilan tegishli shartnomalar tuzib, haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish vazifasi topshirilsin.
3. Tegishli korxona, tashkilotlar rahbarlari:
tashkil etiladigan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolar uchun ularning maxsus dastlabki kasb tayyorgarligini talab qilmaydigan, mehnat faoliyatining vaqtincha turlariga muvofiq boʻlishini;
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan yuborilgan fuqarolarni har oy davomida kamida ikki hafta muddatga haq toʻlanadigan jamoat ishlari bilan taʼminlanishini;
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan yuborilgan fuqaro bilan ish beruvchi muddatli mehnat shartnomasi tuzsin va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishini taʼminlasin;
4. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan yuborilgan fuqaro bilan ish beruvchi muddatli mehnat shartnomasi tuzishda, haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari, Urganch shahar hokimligiga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha ellik foizi ish beruvchilar mablagʻlari va ellik foizi mahalliy budjet va bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi mablagʻlari hisobiga;
boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha yetmish besh foizi ish beruvchilar mablagʻlari va yigirma besh foizi bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilsin.
5. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (B. Qurbanov) bir hafta muddatda mazkur qarorni ilovada koʻrsatilgan korxona, tashkilot rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va qarorning bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin.
6. Urganch shahar hokimining 2012-yil 20-yanvardagi “2012-yilda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 71-Q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Urganch shahar hokimining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari M. Madrimov zimmasiga yuklatilsin.
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingandan boshlab kuchga kiradi.
Hokim I. YoQUBOV
Urganch sh.,
2013-yil 29-yanvar,
130q-son
Urganch shahar hokimining 2013-yil 29-yanvardagi 130q-sonli qaroriga ILOVA
Urganch shahrida 2013-yilda aholini haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish Dasturining
rejalari
(“Urganch oqshomi” gazetasi, 26.04.2013-y., 10-son)
