Kattaqoʻrgʻon shahrida haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida (139-Q-son)
05.03.2013
Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi nizom ijrosini taʼminlash hamda ishsiz fuqarolarni ijtimoiy himoyalash koʻlamini oshirish maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. 2013-yil Kattaqoʻrgʻon shahar Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolarni haq toʻlanadigan jamoat ishlari 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*1-ilova berilmaydi.
2. Tashkil etiladigan jamoat ishlarida mehnatga xaq toʻlash xarajatlari, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi nizomda belgilangan tartibda ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan qoplansin.
3. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilishda taklif bilan chiqadigan barcha tashkilot, korxona, muassasa rahbarlari shahar Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan shartnomalar tuzishi belgilansin.
4. Ushbu qaror ijrosi boʻyicha nazorat qilish shahar hokimi oʻrinbosari Sh. Rahmonov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim S. RAZZAQOV
Kattaqoʻrgʻon sh.,
2013-yil 5-mart,
139-Q-son
