2013-yilda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida (894q-son)
24.04.2013
Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish va moliyalash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish va moliyalash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 5-bandiga muvofiq 2013-yilda ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolar uchun haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish 1-ilovaga muvofiq korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklariga yuklatilsin.
2. Qoʻshkoʻpir tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (A. Bobojonov)ga 2-ilovada keltirilgan korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklari bilan tegishli shartnomalar tuzib, haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish vazifasi topshirilsin.
3. Tegishli korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklari rahbarlari:
tashkil etiladigan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolar uchun ularning maxsus dastlabki kasb tayyorgarligini talab qilmaydigan, mehnat faoliyatining vaqtincha turlariga muvofiq boʻlishini;
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan yuborilgan fuqarolarni har oy davomida kamida ikki hafta muddatda haq toʻlanadigan jamoat ishlari bilan taʼminlanishi;
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan yuborilgan fuqaro bilan ish beruvchi muddatli mehnat shartnomasi tuzsin va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishini taʼminlasin;
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan yuborilgan fuqaro bilan ish beruvchi muddatli mehnat shartnomasi tuzishda, haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatga haq toʻlash xarajatlari, Qoʻshkoʻpir tuman hokimligiga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha 50 foizi ish beruvchilar mablagʻlari va 50 foizi mahalliy budjet va ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga;
boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha 75 foizi ish beruvchilar mablagʻlari va 25 foizi ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilsin.
4. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (A. Bobojonov) bir hafta muddatda mazkur qarorni 2-ilovada koʻrsatilgan korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklari rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va qarorning bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin.
5. Tuman hokimining 2013-yil 19-yanvardagi 308-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Qaror rasmiy nashrda eʼlon qilinsin va davlat hisobiga olish uchun adliya boshqarmasiga taqdim etilsin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari O. Artiqov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim v. b. A. SULTANOV
Qoʻshkoʻpir sh.,
2013-yil 24-aprel,
894q-son
Tuman hokimining 2013-yil 24-apreldagi 894q-sonli qaroriga 1-ILOVA
2013-yil fevral — dekabr oylarida Qoʻshkoʻpir tumanidagi korxona, tashkilot va muassasalarda ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarni haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish
topshirigʻi
Tuman hokimining 2013-yil 24-apreldagi 894q-sonli qaroriga 2-ILOVA
Qoʻshkoʻpir tumanida 2013-yil davomida ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarni kasbga oʻqitish va qayta oʻqitishni tashkil qilish
(“Hayot koʻzgusi” gazetasi, 30.04.2013-y., 12-son)
