Urganch tumanida traktorlar, oʻzi yurar shassilar, meliorativ yoʻl qurilish mashinalari, traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (170q-son)
12.02.2013
Xorazm viloyati Urganch tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2004-yil 15-noyabrdagi 248-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq qaror qilaman:
1. Urganch tumani Qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha inspektori (B. Gaffarov) tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan traktorlar, oʻzi yurar shassilar, meliorativ yoʻl qurilish mashinalari va traktor tirkamalarimning (keyingi oʻrinlarda “Mashinalar” deb yuritiladi) 2013-yilda (1-fevraldan 31-iyulgacha) texnik koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Mashinalarni texnik koʻrikdan oʻtkazishda ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etishga, mashinalar sonini, ularning holatini, amalda mavjudligini, roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini aniqlashtirishga alohida eʼtibor qaratilsin.
2. Tumandagi mashinalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mashinalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish grafigi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Mashinalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining:
Traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalariga — 0,18 foizi;
qishloq xoʻjalik mashinalariga — 0,10 foizi;
mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalariga — 0,37 foizi;
birinchi texnik koʻrikdan nosoz deb topilgan mashinalar takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorda yigʻim qayta undirilsin.
5. Tuman Qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha inspektor (B. Gaffarov), belgilangan tartibda roʻyxatdan yoki majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan nosoz mashinalarni yoʻlga chiqarilishini oldini olish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
6. Qaror rasmiy nashrda eʼlon qilinsin va davlat hisobiga olish uchun adliya boshqarmasiga taqdim etilsin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari R. Xolmuratov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Sh. RUSTAMOV
Urganch t.,
2013-yil 12-fevral,
170q-son
Tuman hokimining 2013-yil 12-fevraldagi 170q-sonli qaroriga 1-ILOVA
2013-yil traktor va oʻzi yurar qishloq xoʻjaligi texnikalarini, texnika koʻrigini oʻtkazish boʻyicha komissiya
TARKIBI
Tuman hokimining 2013-yil 12-fevraldagi 170q-sonli qaroriga 2-ILOVA
Urganch tuman hududidagi barcha korxona-tashkilot, mashina traktor parklari, fermer xoʻjaliklari, shaxsiy fuqarolarning va aksionerlik jamiyatlarning texnikalarini 2013-yil texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha
JADVALI
