Urganch tumanidagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (275q-son)
28.02.2013
Xorazm viloyati Urganch tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq transport vositalarining 2013-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Urganch tuman Ichki ishlar boʻlimi Avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish qoidalari va meʼyorlariga amal qilishni nazorat etish boʻlimi (Z. Abdullayev) zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda va texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida, tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining majburiy texnik koʻrikdan (keyingi oʻrinlarda matnda “texnik koʻrik” deb yuritiladi) oʻtkazilishini taʼminlasin.
2. Tumandagi yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1 yilda 1 marotaba (1-martdan 10-iyungacha);
tijorat asosida yoʻlovchi tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar bir yilda ikki marotaba (1-martdan 10-iyungacha va 12-sentabrdan 31-oktabrgacha);
jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 31-avgustgacha oʻtkazilsin;
ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari ikki yilda bir marta (ushbu bandning ikkinchi xatboshisida qayd etilgan bir yilda ikki marta texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan transport vositalari bundan mustasno) texnik koʻrikdan oʻtkazilsin;
tuman Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi guruhi roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ulardan foydalanishning birinchi yili mobaynida transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilmaydi (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilganlardan tashqari).
3. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun (mototransport, tirkamalar va yarim tirkamalardan tashqari) eng kam oylik ish haqining oʻndan bir qismi miqdorida yigʻim undiriladi.
Ushbu qarorning 2-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan transport vositalari ikkinchi marta texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Mototransport, tirkamalar, yarimtirkamalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yigirmadan biri miqdorida yigʻim undiriladi.
Birinchi (oldingi) texnik koʻrikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yigʻim undiriladi.
4. Tumandagi transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, yuridik shaxslarga qarashli transport vositalarining 2013-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Transport vositalarini texnik koʻrikka jalb qilishda Yoʻl harakati xavfsizligi guruhiga tuman mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, fuqarolar yigʻini raislari, tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlari va jamoatchilik asosida amaliy yordam koʻrsatsin.
6. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2012-yil 15-fevraldagi 120-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Tuman Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi guruhi, transport vositalarining texnik koʻrigi natijalari boʻyicha tuman hokimligiga 2013-yil 10-noyabrgacha yozma axborot berish vazifasi topshirilsin.
8. Qaror rasmiy nashrda eʼlon qilinsin va davlat hisobiga olish uchun adliya boshqarmasiga taqdim etilsin.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari R. Xolmuratov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Sh. RUSTAMOV
Urganch t.,
2013-yil 28-fevral,
275q-son
Urganch tuman hokimining 2013-yil 28-fevraldagi 275q-sonli qaroriga 1-ILOVA
Urganch tumanida transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya
tarkibi
Urganch tumani hokimining 2013-yil 28-fevraldagi 275q-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha korxona, tashkilot, muassasalar, MMTPlar, kichik korxonalar va fermer xoʻjaliklarga qarashli avtomototransportlarni 2013-yilgi majburiy texnik koʻrigdan oʻtkazish
JADVALI
