Urganch shahrida traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (239q-son)
11.02.2013
Xorazm viloyati Urganch shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2004-yil 15-noyabrdagi 248-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq qaror qilaman:
1. Xorazm viloyat “Qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha” Urganch shahar inspektori (I. Tojiyev) shahardagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarining (keyingi oʻrinlarda “Mashinalar” deb yuritiladi) 2013-yilda (1-fevraldan 31-iyulgacha) texnik koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlansin.
Mashinalarni texnik koʻrikdan oʻtkazishda ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish, amalda mavjudligini, mashinalar sonini, ularning holatini, roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini aniqlashtirishga alohida eʼtibor qaratilsin.
2. Shahardagi mashinalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mashinalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish grafigi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Mashinalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining:
traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalariga – 0,18 foizi;
qishloq xoʻjalik mashinalariga – 0,10 foizi;
mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalari – 0,37 foizi;
birinchi texnik koʻrikdan nosoz deb topilgan mashinalar takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorda yigʻim qayta undirilsin.
5. Xorazm viloyat “Qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha” Urganch shahar inspektori (I.Tojiyev) belgilangan tartibda roʻyxatdan yoki majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan nosoz mashinalarni yoʻlga chiqarilishini oldini olish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
6. Qaror rasmiy nashrda eʼlon qilinsin va davlat hisobiga olish uchun adliya boshqarmasiga taqdim etilsin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimining birinchi oʻrinbosari O. Sapayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim I. YOQUBOV
Urganch sh.,
2013-yil 11-fevral,
239q-son
Urganch shahar hokimining 2013-yil 11-fevraldagi 239q-sonli qaroriga 1-ILOVA
Urganch shahridagi mashinalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
tarkibi
Izoh: shaharda mashinalari mavjud boʻlgan korxona va tashkilotlar masʼul xodimlari komissiya aʼzolari hisoblanadi.
Urganch shahar hokimining 2013-yil 11-fevraldagi 239q-sonli qaroriga 2-ILOVA
Urganch shahridagi korxona va tashkilotlarning mashinalarini 2013-yil texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
Izoh: shahardagi xususiy korxona egalariga, fuqarolarga va boshqa tashkilotlarga tegishli boʻlgan traktorlar, traktor tirkamalari, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻzi yurar mashinalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish hududlardagi 2-ilovada koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
