Shayxontohur tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2014-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida (371-son)
23.09.2013
Toshkent shahar ShayxontoHur tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-son, 97-modda), “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 2008-yil, 7-son, 353-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007, yil 15-son, 156-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 34-son, 333-modda, 2010-yil, 13-son, 96-modda, 2011-yil, 1-2-son, 4-modda, 2012-yil, 44-son, 507-modda) muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2014-yilga moʻljallangan band qilinishi kerak boʻlgan ish oʻrinlari sonini va ularga qoʻyiladigan talablarni belgilash boʻyicha tuman maxsus komissiyasining 2013-yil 16-sentabrdagi yigʻilish bayonini inobatga olib qaror qilaman:
1. Shayxontohur tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumandagi 221 ta tashkilotlarda aholining quyidagi toifalari uchun jami 2329 ta ish oʻrinlari band qilib qoʻyilsin:
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va 14 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari.
2. Shayxontohur tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2014-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan tashkilotlar roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Ish oʻrinlarini band qiluvchi tashkilotlar rahbarlariga:
ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2013-yil yakunlanishidan 10 kun oldin band qilingan ish joylari umumiy miqdorining kamida 25 foizi uchun, 2014-yilning 10-aprelidan kechikmay ish joylarining qolgan qismi 75 foizini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) toʻgʻrisidagi, yaʼni har bir toifa boʻyicha ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar, mutaxassisliklar kesimidagi maʼlumotlarni va qaror boʻyicha chiqarilgan buyruq nusxalarini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etilsin.
ilovadagi shaxslar uchun ish oʻrinlari sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiqlashtirilishi taʼminlansin.
4. Ushbu qaror ijrosi bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
5. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini ilovada belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarining bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin.
6. Bandlikka koʻmaklashuvchi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (A. Mamatov):
tashkilotlar rahbarlari tomonidan mazkur qarorni toʻliq bajarish yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatilsin.
7. Shayxontohur tuman hokimining 2012-yil 31-oktabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2013-yilga moʻljallangan ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi 434-son qarori 2013-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Ushbu qaror 2014-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Shayxontohur tuman hokimining oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Sh. Sodiqov zimmasiga yuklansin.
Hokim M. MIRQOSIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 23-sentabr,
371-son
Shayxontohur tumani hokimining 2013-yil 23-sentabrdagi 371-sonli qaroriga ILOVA
Shayxontohur tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2014-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan tashkilotlar
roʻyxati
№ Shayxontohur tumanidagi tashkilotlar nomi Tashkilotda umumiy ishlovchilar soni Yaratilgan maxsus ish oʻrinlarining band qilingan soni (jami) Shundan Nogironlar uchun Taʼlim muassasasini tugatgan BKMda ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun Muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun Yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun JIEMlardan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 1. “ALISHER NAVOIY NOMLI KINO SAROYI CINEMF PALACE” DUK 25 1 1 2. “OSIYO RESTORANI” MChJ 25 1 1 3. “KAMAL NABIZADA” shoʻba korxonasi 27 1 1 4. “OʼZSPIRTSANOAT” Aksiyadorlik jamiyati 22 1 1 5. SNIRIN-SNAKAR MAKONI” xususiy korxonasi 28 1 1 6. “LA FAYATTE” MChJ 67 5 1 2 1 1 7. “AUTO PLAZA SERVICE” MChJ 22 1 1 8. “CNOʼLPON” nashriyoti 26 1 1 9. “OʼZSUVENERGO” birlashmasi 25 1 1 10. “ORZU-OSIYO-OPTIMA” MChJ 29 1 1 11. “APEX FORCE” MChJ 170 12 1 4 1 2 2 2 12. “BAXTLIKELAJAK BOLAJONLARI” 184-son maktabgacha taʼlim muassasasi 25 1 1 13. “SNOFAYZIERKATOYLARI” 187-son maktabgacha taʼlim muassasasi 25 1 1 14. “MENR MASKANI” 170-son maktabgacha taʼlim muassasasi 25 1 1 15. “TRUST MEDIKAL CENTRE” MChJ 34 1 1 16. “ORZU-ATTORLIK” MChJ 27 1 1 17. “CNORSU BUYUM SAVDO KOMPLEKSI” OAJ 29 1 1 18. “BOLAJONLAR SEVINCNI” 295-son maktabgacha taʼlim muassasasi 22 1 1 19. “KICNKINTOY-SNIRINTOY” 491-son maktabgacha taʼlim muassasasi 30 1 1 20. “TIBBIY KOʼRIK” MChJ 30 1 1 21. “OSIYO TANGIR PRINT” MChJ 33 1 1 22. “SNOFAYZIDURDONALARI” 211-son maktabgacha taʼlim muassasasi 25 1 1 23 “QUVNOQ DOʼMBOQCNALAR” 241-son maktabgacha taʼlim muassasasi 33 1 1 24. “VINTEK PLAST” MChJ 47 2 1 1 25. “REDAKTSIYA GAZETI CNASTNIY SEKTOR” MChJ 35 1 1 26. “AZIZA SAYFI QIZI” X. K. 23 1 1 27. “Toshkent tezkor bosmaxonasi”MChJ 48 2 1 1 28. “ELMASN” MChJ 39 1 1 29. “KOʼKCNA KOSNONASI” MChJ 25 1 1 30. “TEXNO-SANOAT” MChJ 31 1 1 31. 342-maktabgacha taʼlim muassasasi “QOʼNGʼIROQLAR DIYORI” 33 1 1 32. “JAJJIBILIMDON” 607-son maktabgacha taʼlim muassasasi 34 1 1 33. Muxtor Ashrafiy nomli 11-son bolalar ijodiyot maktabi 41 2 1 1 34. 293-maktabgacha taʼlim muassasasi “ZUKKOLAR SALTANATI” 34 1 1 35. 327-maktabgacha taʼlim muassasasi “ALPOMISN VA BARCNINOYLAR” 31 1 1 36. MChJ “GLOBALINVESTMENT SYSTEMS” 46 2 1 1 37. “SEOUL PLAZA” MChJ 33 1 1 38. 111-maktabgacha taʼlim muassasasi 37 1 1 39. MChJ “OZIQOVQATSANOATLOYINA” 40 1 1 40. 527-maktabgacha taʼlim muassasasi “IRODA TOMCNILARI” 38 1 1 41. MChJ “SUVSANOATFUQAROLI” 37 1 1 42. 76-maktabgacha taʼlim muassasasi “BILIMDONLAR MASKANI” 45 1 1 43. MChJ “SECURITY TECNNIKAL SERVICE” 50 3 2 1 44. 136-oʻrta taʼlim maktabi 39 1 1 45. “OʼZB.RESP.MADANIYAT VA SPORT ISNLARIVAZIRLIGINING “SERTIFIKATSIYALASN VA KOMPYUTERLASNTIRISN MARKAZI” davlat korxonasi 50 3 1 2 46. 568-maktabgacha taʼlim muassasasi “KELAJAK ERKATOYLARI” 37 1 1 47. “OYDIN ZIYO”MChJ 33 1 1 48. 167-oʻrta taʼlim maktabi 42 1 1 49. 461-maktabgacha taʼlim muassasasi “SOGʼLOMJON-POLVONJON” 47 3 1 2 50. “SNOLI INVEST”MChJ 28 1 1 51. MChJ “SANOBAR” 34 1 1 52. 113-oʻrta taʼlim maktabi 48 1 1 53. Oʻzbektelekom AJ “BILLING TELEKOM” filiali 50 3 1 2 54. 85-oʻrta taʼlim maktabi 50 2 1 1 55. “XUSNNUD BOLALAR” 112-maktabgacha taʼlim muassasasi 37 2 1 1 56. 9-sonli teri-tanosil dispanseri 56 2 1 1 57. 23-bolalar musiqiy maktabi 46 2 1 1 58. “LABZAK MENMONNONASI” shoʻba korxonasi 41 2 1 1 59. HAMZA nomli 3-son bolalar musiqiy maktabi 53 2 1 1 60. 484-maktabgacha taʼlim muassasasi 62 4 1 2 1 61. 115-oʻrta taʼlim maktabi 54 2 1 1 62. 567-maktabgacha taʼlim muassasasi “MALIKA-NUR” 54 2 1 63. “DIP-NINOL” bolalar maktab bogʻchasi 54 2 1 1 64. 448-maktabgacha taʼlim muassasasi “GULCNEXRALAR MASKANI” 55 2 1 1 65. 185-maktabgacha taʼlim muassasasi “GULGʼUNCNA BOLALAR” 50 2 1 1 66. 92-oʻrta taʼlim maktabi 51 2 1 1 67. 10-oʻrta taʼlim maktabi 56 2 1 1 68. 497-maktabgacha taʼlim muassasasi “JAJJI YULDUZCNALAR” 47 2 1 1 69. “DELFINCNIK” 3-maktabgacha taʼlim muassasasi 53 2 1 1 70. 82-oʻrta taʼlim maktabi 57 2 1 1 71. 19-oʻrta taʼlim maktabi 58 2 1 1 1 72. 321-maktabgacha taʼlim muassasasi “GʼUNCNA DURDONALARI” 41 2 1 1 73. “BANODIR-BAXT” xususiy korxonasi 58 2 1 1 74. 259-maktabgacha taʼlim muassasasi 36 1 1 75. 229-maktabgacha taʼlim muassasasi 43 2 1 1 76. 468-maktabgacha taʼlim muassasasi “GAVNAR UCNQUNLARI” 62 2 1 1 77. 456-maktabgacha taʼlim muassasasi “NODIRABEGIM GULSNANI” 46 2 1 1 78. “SAVDOENERGO” O.A.J. 67 4 1 2 1 79. Oʻzbekiston pillachilik ilmiy tadqiqot oliygohi 54 2 1 1 80. “YANGI-SEBZOR”MChJ 66 4 1 2 1 81. 132-oʻrta taʼlim maktabi 59 4 1 2 1 82. 39-oʻrta taʼlim maktabi 44 2 1 1 83. 45-oʻrta taʼlim maktabi 63 2 1 1 84. 20-oʻrta taʼlim maktabi 64 2 1 1 85. “SEBZOR” xususiy korxonasi 76 5 1 2 1 1 86. 314-oʻrta taʼlim maktabi 66 2 1 1 87. 84-oʻrta taʼlim maktabi 56 4 1 2 1 88. “ZIYO GʼUNCNALARI” 243-maktabgacha taʼlim muassasasi 67 2 1 1 89. 171-maktabgacha taʼlim muassasasi 70 2 1 1 90. 192-oʻrta taʼlim maktabi 70 2 1 1 91. “ALOQALOYINA” MChJ 61 4 1 2 1 92. 157-oʻrta taʼlim maktabi 71 2 1 1 93. 37-yordamchi maktab 68 2 1 1 94. “DAVR-BANK” XE�TB 105 7 1 4 1 1 95. 343-maktabgacha taʼlim muassasasi “GULOBOD JAVONIRLARI” 64 4 1 2 1 96. 276-oʻrta taʼlim maktabi 75 5 1 2 1 1 97. 254-oʻrta taʼlim maktabi 80 5 1 2 1 1 98. 262-oʻrta taʼlim maktabi 73 3 1 2 99. 13-oʻrta taʼlim maktabi 75 5 1 2 1 1 100. 197-son maktabgacha taʼlim muassasasi 65 5 2 2 1 101. “OʼZKIMYOSANOAT” OAJ 81 5 2 2 1 102. “TOSNKENT SAVDO MARKAZI” MChJ 203 14 3 6 1 2 2 103. Shayxontohur sanoat kolleji 81 5 1 2 1 1 104. 140-maktabgacha taʼlim muassasasi “MENRIGIYO GʼUNCNALARI” 65 4 1 2 1 105. “SAMARQAND” MChJ 69 5 1 2 1 1 106. 186-oʻrta taʼlim maktabi 62 4 1 2 1 107. OATB Oʻzsanoatqurilishbank Nodirabegim filiali 94 6 1 3 1 1 108. “TUTZOR-NON” xususiy korxonasi 87 6 2 2 1 1 109. 40-oʻrta taʼlim maktabi 76 5 1 2 1 1 110. 71-maktabgacha taʼlim muassasasi “KOʼKSNA ERKATOYLARI” 60 4 1 2 1 111. 27-maktabgacha taʼlim muassasasi “BOGʼ-KOʼCNA CNENRALARI” 75 5 1 2 2 112. “TNE PARK SAGʻE”MChJ 70 5 1 2 2 113. Toshkent matbaa kolleji 68 5 1 2 1 1 114. MChJ “NUR OMAD”MChJ 95 6 2 2 1 1 115. “UZINFOCOM” DUK 82 5 1 3 1 116. “PAXTAKOR SPORT MASNGʼULOTLARI OʼQUV MARKAZI” OAJ 86 6 2 2 2 117. 316-oʻrta taʼlim maktabi 91 6 2 2 2 118. 34-oʻrta taʼlim maktabi 91 6 2 2 2 119. “ABN-MB” qoʻshma korxonasi 76 5 1 2 1 1 120. 169-oʻrta taʼlim maktabi 95 7 3 2 2 121. Toshkent mehmonxona va servis kolleji 116 8 2 3 1 2 122. “ROTOR” unitar korxonasi 92 6 2 2 2 123. 588-maktabgacha taʼlim muassasasi “UMIDA ERKATOYLARI” 92 6 2 2 2 124 DAT “Asaka bank” Shayxontohur filiali 112 8 1 5 1 1 125. Shahar bolalar sil kasalliklari shifoxonasi 92 6 2 2 1 1 126. Oʻzbekiston Ximiya va fizika polimerlari oliygohi 82 6 2 2 2 127. OAT “Turonbank” markaziy amaliyot boshqarmasi 111 8 1 4 1 2 128. Toshkent gidrometeorologiya kolleji 101 7 2 2 1 2 129. OATB “Agrobank” Toshkent viloyat boshqarmasi 119 8 1 4 2 1 130. 41-Oilaviy poliklinika 92 6 1 2 1 2 131. Respublika yosh tomoshabinlar teatri 105 7 2 2 1 1 1 132. 6-bolalar stomatologiya poliklinikasi 90 6 2 2 1 1 133. 102-oʻrta taʼlim maktabi 104 7 2 2 1 2 134. “Trastbank” amaliyot boshqarmasi 168 12 1 6 1 2 2 135. 42-oʻrta taʼlim maktabi 119 8 3 2 1 2 136. 324-oʻrta taʼlim maktabi 92 6 1 2 1 2 137. 42-oilaviy poliklinika 103 7 1 3 1 2 138. Mikrobiologiya oliygohi 109 7 2 2 1 2 139. “ESKIJUVA DENQON BOZORI” OAJ 137 10 3 1 1 1 1 3 140. 41-oʻrta taʼlim maktabi 126 9 2 4 1 2 141. Karantin va oʻta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markazi 100 7 1 3 1 1 1 142. Toshkent shahar muhandislik yer osti kollektorlar boshqarmasi 140 9 2 3 1 1 1 1 143. “RAVNAQ-BANK” OTXTB 120 8 1 4 2 1 144. 320-oʻrta taʼlim maktabi 91 6 1 3 1 1 145. “KREDIT-STANDART” OTXTB 88 6 1 4 1 146. 45-oilaviy poliklinika 155 10 2 4 2 2 147. Milliy bank Shayxontohur filiali 103 7 1 4 1 1 148. Shayxontohur transport kolleji 105 7 1 3 2 1 149. “UZGIP”MChJ 140 10 2 4 2 1 1 150. “Infin BANK” OTXTB 196 13 1 7 1 2 2 151. Oʻzbekiston yoshlar teatri 148 10 2 3 1 1 2 1 152. 47-oilaviy poliklinika 100 7 1 3 1 2 153. Oʻzbek davlat drama teatri 161 11 3 3 2 1 1 1 154. “PAXTAKOR” MChJ 196 13 2 6 4 1 155. Oʻzsanoatqurilish bank OATB Toshkent viloyat mintaqaviy filiali 100 7 1 3 2 1 156. “TOʼRTINSNI” MChJ 159 11 2 4 1 1 2 1 157. 46-oilaviy poliklinika 122 8 3 2 1 2 158. “INTRAN SERVIS”MChJ 153 11 4 4 3 159. “TPNSU” unitar korxonasi 132 9 2 3 1 1 1 1 160. OA�B Kapitalbank Chorsu filiali 86 6 1 3 2 161. “QISNLOQQURILISNLOYINA”MChJ 152 10 2 3 2 1 2 162. 43-oilaviy poliklinika 165 12 2 5 1 1 3 163. 12-Trest QB-65 160 11 2 1 2 2 4 164. OAJ 12-Trest QB-52 272 19 5 1 3 3 7 165. “Gʼ.GʼULOM NOMIDAGI NASNRIYOT- MATVAA IJODIY UYI” DUK 193 13 3 5 2 1 2 166. “OʼZSUVLOYINA” OAJ 219 15 4 5 1 1 2 2 167. 4-son bolalar klinik shifoxonasi 161 11 2 7 2 168. 48-oilaviy poliklinika 148 10 2 4 2 2 169. Markaziy koʻp tarmoqli poliklinika 186 13 3 6 1 1 2 170. 40-oilaviy poliklinika 169 12 2 6 1 3 171. Respublika rassomchilik kolleji 218 15 3 5 2 2 3 172. Oʻzbek milliy akademik drama teatri 212 14 3 6 1 1 2 1 173. “OʼZSNARSOZLIK LITI” DUK 255 17 4 6 2 2 3 174. 44-oilaviy poliklinika 195 14 3 6 1 1 2 1 175. 4-shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi 260 18 3 9 1 1 3 1 176. Oʻquv davolash kompleks kolleji 200 14 3 6 2 1 2 177. Toshkent aloqa kolleji 237 16 3 6 3 2 2 178. MChJ shaklidagi “BULTEX EUROSTAR” xorijiy korxonasi” 320 20 5 8 2 2 3 179. “TRASTBANK” OTXABB 204 14 1 7 3 3 180. Shayxontohur tumanlararo pochta aloqa tarmogʻi 215 15 3 5 2 3 2 181. “OʼQITUVCNI NASNRIYOT MATVAA IJODIY UYI” DUK 282 19 5 7 1 2 2 2 182. G.O.Mavlonov nomli seysmologiya oliygohi 125 8 2 3 2 .1 183. Respublika 2 tibbiyot kolleji 190 13 3 5 2 1 2 184. “TASNGIPROGOR” OAJ 317 22 4 8 3 2 3 2 185. “TURON” OATB 265 18 1 9 2 3 3 186. “USTOZODA” unitar korxonasi 336 23 7 5 3 1 2 5 187. Shayxontohur maxsustrans korxonasi 163 11 3 1 1 1 5 188. Toshkent islom universiteti 278 19 5 6 2 2 4 189. Shayxontohur obodonlashtirish boshqarmasi 353 24 10 0 2 2 10 190. AK “Oʻzbektelekom” bosh kommutatsiya markazi 348 24 4 10 1 5 4 191. Sh.A.Alimov nomli Oʻzbekiston ftiziatriya va pulmanologiya ilmiy tekshirish instituti 451 31 5 16 2 1 4 3 192. “DORI-DARMON” AK 560 39 6 18 3 6 6 193. “159-QURILISN TRESTI” OAJ 293 20 4 2 3 3 8 194. “YALPIGEOLOGIK TASVIRLASN, IZLASN EKSPEDITSIYASI” davlat muassasasi 240 16 4 6 1 2 1 2 195. Shahar perinital markazi 522 36 6 16 4 2 8 196. “OʼZBEKISTON” NASNRIYOT MATBAA IJODIY UYI”DUK 630 44 4 20 4 6 10 197. Oʻzbekiston Davlat Sirki 630 44 4 20 4 5 6 5 198. Toshkent kimyo-texnologiya oliygohi 296 20 7 7 2 1 2 1 199. Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasi 518 36 10 10 5 4 7 200. Toshkent arxitektura-qurilish oliygohi 340 24 7 9 2 2 2 2 201. “Respublika Onkologiya ilmiy-tekshirish markazi” 793 55 10 29 3 4 6 3 202. “RESPUBLIKA TELERADIOMARKAZI” DUK 630 44 5 22 4 5 8 203. 1-shahar klinik shifoxonasi 740 51 7 32 2 2 6 2 204. “G4S SECURITY SERVICES UZBEKISTAN”ShK 196 14 5 9 205. ATIB “Ipoteka bank” Shayxontohur filiali 196 14 1 7 2 2 2 206. “TOSNKENT TRUBA ZAVODI” KKMChJ 2750 192 15 80 10 20 20 47 207. “TOSNKENT METROPOLITENI” DUK 3238 226 90 16 70 50 208. “TOSNISSIQQUVVATI” UNITAR KORXONASI 3155 220 18 76 26 35 35 30 209. Oʻzbek-Turk “MEFA” qoʻshma korxonasi 30 1 1 210. “AROMO-KOLOR” MChJ 30 1 1 211. “OʼZQISNLOQNO'JALIKMASNLIZING” OAJ 30 1 1 212. “TASNKENT METAL PRODUCT” qoʻshma korxonasi 31 1 1 213. MChJ shaklidagi Oʻzbek-Koreya “TOU KO LTD” qoʻshma korxonasi 33 1 1 214. “MUBORAK-MEBEL”MChJ 65 4 1 2 1 215. “KAPITAL QURILISNDA IQTISODIY ISLONATLAR VA NARXLARNI SNAKLLANTIRISN MARKAZI” davlat korxonasi 28 1 1 216. Salomatlik va tibbiy statistika instituti Toshkent shahar filiali 77 5 1 2 1 1 217. Abdulla Qahhor nomli Respublika satira teatri 85 6 1 1 1 1 1 1 218. “SALUS-VITA”MChJ 124 8 1 3 1 1 2 219. MChJ shaklidagi Oʻzbek-Amerika qoʻshma korxonasi “UZKEYSSERVIS” 241 18 2 10 1 2 3 220. “BOʼZSUV IRRIGATSIYA TIZIMI BOSNQARMASI” DUK 514 35 3 25 1 1 1 4 221. Shayxontohur tumani Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi 158 11 2 5 1 1 2 JAMI 35624 2329 393 956 183 282 350 165
