Bogʻot tumanida traktorlar, oʻzi yurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (23-q-son)
16.01.2013
Xorazm viloyati Bogʻot tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2004-yil 15-noyabrdagi 248-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq qaror qilaman:
1. Qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha Bogʻot tumani inspektori (O. Xoʻjayev) tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarining (keyingi oʻrinlarda “Mashinalar” deb yuritiladi) 2013-yilda (1-fevraldan 1 maygacha) texnik koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Mashinalarni texnik koʻrikdan oʻtkazishda ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish, amalda mavjudligini, mashinalar sonini, ularning holatini, roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini aniqlashtirishga alohida eʼtibor qaratilsin.
2. Tumandagi mashinalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mashinalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Mashinalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining:
traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalariga — 0,18 foizi;
qishloq xoʻjalik mashinalariga — 0,10 foizi;
mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalari — 0,37 foizi;
birinchi texnik koʻrikda nosoz deb topilgan mashinalar takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorda yigʻim qayta undirilsin.
5. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2012-yil 29-fevraldagi 157-q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha Bogʻot tumani inspektori (O. Xoʻjayev) belgilangan tartibda roʻyxatdan yoki majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan nosoz mashinalarni yoʻlga chiqarilishini oldini olish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazorat kuchaytirilsin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari E. Avezov zimmasiga yuklatilsin.
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim R. BEKChANOV
Bogʻot sh.,
2013-yil 16-yanvar,
23-q-son
Tuman hokimining 2013-yil 16-yanvardagi 23-q-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumandagi mashinalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
TARKIBI
Tumandagi mashinalari mavjud boʻlgan MMTPlar, fermer xoʻjaliklari va korxona, tashkilotlar rahbarlari komissiya aʼzolari hisoblanadi.
Tuman hokimining 2013-yil 16-yanvardagi 23-q-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tumandagi MMTPlarda, fermer xoʻjaliklarida hamda korxona va tashkilotlarda 2013-yil texnik koʻrigi oʻtkazish
GRAFIGI
Izoh: tumanda fuqarolarga tegishli boʻlgan traktorlar, traktor tirkamalari, yoʻl qurilish va meliorativ texnika, oʻzi yurar mashinalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish hududlardagi MMTPlarda 2-ilovada koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
