“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi tasarrufidagi kasb-hunar kolledjlari va maktabgacha taʼlim muassasalarini navoiy viloyati oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasi va xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini tashkil etish boʻyicha navoiy shahar metodik taʼminot boʻlimiga oʻtkazish toʻgʻrisida (333-son)
13.12.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini va maktabgacha taʼlim muassasalarini boshqarish va metodik taʼminlashni takomillashtirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarga rozilik berilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi (keyingi oʻrinlarda — “Navoiy KMK”) va Navoiy viloyati hokimligi tomonidan 2012-yil 1-yanvardan boshlab “Navoiy KMK” tasarrufidagi kasb-hunar kollejlarini Navoiy viloyati oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasi tasarrufiga oʻtkazish 1-ilovaga muvofiq;
“Navoiy KMK” tasarrufidagi maktabgacha taʼlim muassasalarini Navoiy shahri metodik taʼminlash va xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini tashkil etish boʻlimiga oʻtkazish 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi va Navoiy viloyati hokimligi 2012-yil 1-yanvarga qadar topshirilayotgan taʼlim muassasalarini ularning taʼsis hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritgan holda tegishli tartibda Navoiy viloyati oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasi hamda Navoiy shahar xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi ixtiyoriga belgilangan tartibda qabul qilish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Navoiy viloyati hokimligi 2012-yildan boshlab mazkur muassasalarni mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishni taʼminlasin.
4. “Navoiy KMK” oʻtkazilgan taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda yordam koʻrsatsin, shuningdek, oʻqituvchilar uchun malaka oshirish va talabalar uchun ishlab chiqarish amaliyoti tashkil etilishida koʻmaklashsin.
5. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, “Navoiy KMK” va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiq tegishli normativ-huquqiy hujjatlarning oʻzgartirilishini taʼminlasin.
6. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 13-dekabr,
333-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 13-dekabrdagi 333-son qaroriga 1-ILOVA
Navoiy viloyati oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasi tasarrufiga oʻtkazilgan “Navoiy KMK” davlat korxonasi kasb-hunar kollejlari
ROʻYXATI
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 13-dekabrdagi 333-son qaroriga 2-ILOVA
Navoiy shahrida joylashgan “Navoiy KMK” davlat korxonasining Navoiy shahar xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi tasarrufiga oʻtkazilgan maktabgacha taʼlim muassasalari
ROʻYXATI
