2013-yilda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida (105-son)
11.02.2013
Xorazm viloyati Gurlan tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi nizomga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi nizomning 5-bandiga muvofiq 2013-yilda ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolar uchun haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish rejasi 1-ilovaga muvofiq, ishchi guruhi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, bajarilishi korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklariga yuklatilsin.
2. Gurlan tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (Y. Erimmetov)ga ilovada keltirilgan korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklari bilan tegishli shartnomalar tuzib, haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish vazifasi topshirilsin.
3. Tegishlicha korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklari rahbarlari:
tashkil etiladigan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolar uchun ularning maxsus dastlabki kasb tayyorgarligini talab qilmaydigan, mehnat faoliyatining vaqtincha turlariga muvofiq boʻlishini;
tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan yuborilgan fuqarolarni har oy davomida kamida ikki hafta muddatga haq toʻlanadigan jamoat ishlari bilan taʼminlanishini hamda ular bilan ish beruvchi, qonun hujjatlariga muvofiq muddatli mehnat shartnomalarini tuzsin;
ish beruvchi muddatli mehnat shartnomasini tuzishda, haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari, tuman hokimligiga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha ellik foizi, ish beruvchilar mablagʻlari va ellik foizi mahalliy budjet va bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi mablagʻlari hisobiga;
boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha yetmish besh foizi ish beruvchilar mablagʻlari va yigirma besh foizi bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilsin.
5. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (Y. Erimmetov) bir hafta muddatda mazkur qarorni ilovada koʻrsatilgan korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklari rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va qarorning bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilishini taʼminlasin.
6. Tuman hokimining 2012-yil 25-yanvardagi “2012-yilda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimligi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish majmuasiga yuklatilsin.
Hokim v. v. b S. YUSUPOV
Gurlan sh.,
2013-yil 11-fevral,
105-son
Tuman hokimining 2013-yil 11-fevraldagi 105-sonli qaroriga 1-ILOVA
Gurlan tumanida 2013-yilda ishsiz fuqarolarni jamoat ishlariga yuboriladigan korxona, tashkilotlar
RoʻYXATI
Gurlan tumani hokimining 2013-yil 11-fevraldagi 105-sonli qaroriga 2-ILOVA
Gurlan tumani Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga ish soʻrab murojaat qilgan, ishsizlik maqomi berilgan va ish qidiruvchi sifatida roʻyxatga olingan fuqarolarni 2013-yil davomida haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish boʻyicha Ishchi guruhi
TARKIBI
