Xorazm viloyatidagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar miqdorlarini qayta koʻrib chiqish haqida (38-son)
08.02.2013
Xorazm viloyati hokimining
Qarori
“Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-son qarorining 4-bandiga muvofiq va “Bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlarning minimal miqdorlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2013-yil 7-yanvardagi 1-son, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 7-yanvardagi 2013-1-son qarori (2013-yil 16-yanvar, roʻyxat raqami 2412) hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga asosan qaror qilaman:
1. Viloyat moliya va davlat soliq boshqarmalari takliflari asosida “Bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, koʻrsatilgan xizmatlar, bino, inshoot va boshqa mol-mulkdan hamda bozor infratuzilmasidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarining miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish” Bosh boshqarmasining Xorazm viloyati boʻlimi (Q. Jumaniyozov) bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyatlari bilan birgalikda bozorlar va savdo komplekslaridan tushadigan yigʻimlarni belgilangan tartibda toʻliq undirilishini taʼminlasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish” Bosh boshqarmasining Xorazm viloyati boʻlimi, bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyatlari tomonidan bozorlarda bir martalik yigʻimlar, koʻrsatilgan xizmatlar, bino, inshoot va boshqa mol-mulkdan hamda infratuzilmadan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlari yigʻim miqdorlarini koʻpaytirish evaziga tushadigan daromadlarni Oʻzbekiston Respublikasi “Soliq kodeksi”da belgilangan tartibda yoʻnaltirilishini taʼminlasinlar.
4. Shahar va tumanlar hokimliklari oʻz hududlaridagi bozorlar va savdo komplekslarida bir martalik yigʻimlar, koʻrsatilgan xizmatlar, bino, inshoot va boshqa mol-mulkdan hamda infratuzilmadan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarining toʻliq undirilishi va ulardan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirsinlar hamda Vazirlar Mahkamasining “Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari bilan savdo qilishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2003-yil 28-iyuldagi 330-sonli qarori, “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-son qarori asosida ish tashkil qilsinlar.
5. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan Xorazm viloyat hokimining “Xorazm viloyatidagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatilgan xizmatlar miqdorlarini qayta koʻrib chiqish haqida”gi 2012-yil 21-martdagi 86q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. “Xorazm haqiqati” va “Хорезмская правда” gazetalarida mazkur qaror eʼlon qilinsin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Sh. Xoʻjaniyozova zimmasiga yuklansin.
Hokim P. BOBOJONOV
Urganch sh.,
2013-yil 8-fevral,
38-son
Viloyat hokimining 2013-yil 8-fevraldagi 38-sonli qaroriga ILOVA
Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal
miqdorlari
Izoh:
1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari bilan savdo qilinganda, bir joy (savdo oʻrni) oʻlchami 1,2 pogon metr deb belgilanadi, uyda tayyorlangan pazandachilik va qandolat mahsulotlari, mahalliy un xorozlarda ishlab chiqarilgan un mahsulotlari.
2. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari aralash xolda sotilganda, toʻlov sotiladigan mahsulot turlari boʻyicha belgilangan eng yuqori stavka boʻyicha undiriladi.
3. Haftada bir kun faoliyat koʻrsatadigan bozorlar III-boʻlim “Bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshoot va boshqa mol-mulkdan hamda bozor infratuzilmasidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarining minimal miqdorlari” turlari boʻyicha belgilangan yigʻimlar miqdorining 50 foizi miqdorida undiriladi
4. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, bozorlar va savdo komplekslari hududida joylashgan turgʻun savdo (savdo pavilonlari)dan, shuningdek asoslanmagan sabablar bilan faoliyat koʻrsatmay turgan turgʻun savdo shoxobchalaridan bozorlar va savdo komplekslari infratuzilmasidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi undiriladi.
