Shovot tumanida traktorlar, oʻzi yurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (302-son)
05.04.2013
Xorazm viloyati Shovot tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2004-yil 15-noyabrdagi 248-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Traktorlar, oʻzi yurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq qaror qilaman:
1. Shovot tuman Qishloq xoʻjaligi boʻyicha inspektori (X. Quranboyev), tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan traktorlar, oʻzi yurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarining (keyingi oʻrinda “Mashinalar” deb yuritiladi) 2013-yilda (1-fevraldan 31-iyulgacha) texnik koʻrikdan oʻtkazishni taʼminlansin.
Mashinalarni texnik koʻrikdan oʻtkazishda ulardan foydalanish qoidalariga rioya etish ustidan samarali nazoratni tashkil etish, amalda mavjudligini, mashinalar sonini, ularning holatini, roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini aniqlashtirishga alohida eʼtibor qaratilsin.
2. Tumandagi mashinalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. Mashinalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish grafigi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
4. Mashinalar texnik koʻrigidan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining:
traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻzi yurar mashinalariga — 0,18 foizi;
qishloq xoʻjalik mashinalariga — 0,10 foizi;
mashina-traktor parklari, ustaxonalari va servis punktlarining asbob-uskunalari — 0,37 foizi;
birinchi texnik koʻrikdan nosoz deb topilgan mashinalar takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorda yigʻim qayta undirilsin.
5. Tuman Davlat texnika nazorati bosh inspektori (M. Abdullayev)ga belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan nosoz mashinalarni yoʻlga chiqarilishini oldini olish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazorat kuchaytirilsin.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari v. b O. Xolboyev zimmasiga yuklatilsin.
7. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim K. KURYaZOV
Shovot sh.,
2013-yil 5-aprel,
302-son
