Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (303-son)
05.04.2013
Xorazm viloyati Shovot tumani Hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq transport vositalarini 2013-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Shovot tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori (I. Kurbanov) zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda hamda texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining majburiy texnik koʻrikdan (keyingi oʻrinlarda “texnik koʻrik” deb yuritiladi) oʻtkazilishini taʼminlasin.
2. Tumandagi yuridik shaxslarga tegishli transport vositalarining texnik koʻrigi yilda bir marotaba ( 1-martdan 10-iyungacha);
tijorat asosida yoʻlovchi tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joy soni 8 va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar yilda ikki marotaba (1-martdan 10-iyungacha va 12-sentabrdan 31-oktabrgacha);
jismoniy shaxslarga qarashli transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 31-avgustgacha;
ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari ikki yilda bir marta( ushbu bandning ikkinchi xatboshisida qayd etilgan bir yilda ikki marta texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan transport vositalari bundan mustasno) texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ulardan foydalanishning birinchi yili mobaynida transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilmaydi ( mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilganlardan tashqari).
3. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun (mototransport, tirkamalar va yarim tirkamalardan tashqari) eng kam oylik ish haqining oʻndan bir qismi miqdorida yigʻim undiriladi.
Ushbu qarorning 2-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan transport vositalari ikkinchi marta texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Mototransport, tirkamalar, yarimtirkamalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yigirmadan biri miqdorida yigʻim undiriladi.
Birinchi (oldingi) texnik koʻrikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yigʻim undiriladi.
4. Tumanda transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, yuridik shaxslarga qarashli transport vositalarining 2013-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Transport vositalarini texnik koʻrikka jalb qilishda yoʻl harakati xavfsizligi guruhiga tuman mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, tuman ichki ishlar boʻlimi, qishloq fuqarolar yigʻini raislari jamoatchilik asosida amaliy yordam koʻrsatsin.
6. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2012-yil 5-maydagi 382-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhiga transport vositalarining texnik koʻrigi natijalari boʻyicha tuman hokimligiga 2013-yil 10-noyabrgacha yozma axborot berish vazifasi topshirilsin.
8. Qaror rasmiy nashrda eʼlon qilinsin va davlat hisobiga olish uchun adliya boshqarmasiga taqdim etilsin.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari v.b O.Xolboyev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Q. QURYAZOV
Shovot sh.,
2013-yil 5-aprel,
303-son
Shovot tumani hokimining 2013-yil 5-apreldagi 303-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumanda yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini 2013-yilgi majburiy texnika koʻrigidan oʻtkazish komissiyasi
tarkibi
Shovot tumani hokimining 2013-yil 5-apreldagi 303-sonli qaroriga 2-ILOVA
Shovot tumanidagi yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini 2013-yilgi majburiy texnik koʻrikka jalb qilish
JADVALI
Izoh:
shaxsiy avtomototransport vositalari va ularning tirkamalari har kuni Turkiston koʻchasi, 80-uyda joylashgan tuman IIB YXXG binosida, shanba va yakshanba kunlari “Yoʻldosh Otajon” yoʻlovchi tashuvchi uyushmasi avtosaroyida ertalabki 9-00 dan 16-00 ga qadar majburiy texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
