Tumandagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (236-son)
23.02.2013
Xorazm viloyati Xiva tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq transport vositalarining 2013-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Xiva tuman Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi guruhi (A. Axmedov) zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda va texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida, tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining majburiy texnik koʻrikdan (keyingi oʻrinlarda matnda “texnik koʻrik” deb yuritiladi) oʻtkazilishini taʼminlansin.
2. Tumanda yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1 yilda 1 marotaba (1-martdan 10-iyungacha):
tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar bir yilda ikki marotaba (1-martdan 10-iyungacha va 12-sentabrdan 31-oktabrgacha);
jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-martdan 31-avgustgacha oʻtkazilsin;
ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari ikki yilda bir marta texnik koʻrikdan oʻtkazilsin, ushbu bandning ikkinchi xatboshisida qayd etilgan bir yilda ikki marta texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan transport vositalari bundan mustasno;
tuman ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi guruhi roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ulardan foydalanishning birinchi yili mobaynida transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilmaydi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilganlaridan tashqari.
3. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun (mototransport, tirkamalar va yarim tirkamalardan tashqari) eng kam oylik ish haqining oʻndan bir qismi miqdorida yigʻim undiriladi.
Ushbu qarorning 2-bandining ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalari ikkinchi marta texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Mototransport, tirkamalar, yarimtirkamalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yigirmadan biri miqdorida yigʻim undiriladi.
Birinchi (oldingi) texnik koʻrikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yigʻim undiriladi.
4. Tumanda texnik koʻrikni oʻtkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, yuridik shaxslarga qarashli transport vositalarining 2013-yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish grafigi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Qaror rasmiy nashrda eʼlon qilinsin va davlat hisobiga olish uchun adliya boshqarmasiga taqdim etilsin.
6. Transport vositalarini texnik koʻrikka jalb qilishda Yoʻl harakati xavfsizligi guruhiga tuman mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, qishloq fuqarolar yigʻini raislari, tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlari va jamoatchilik asosida amaliy yordam koʻrsatsin.
7. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2012-yil 28-fevraldagi 168-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Tuman Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi guruhi, transport vositalarining texnik koʻrigi natijalari boʻyicha tuman hokimligiga 2013-yil 10-noyabrgacha yozma axborot berish vazifasi topshirilsin.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Gʻ. Bobojanov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim D. ALLAQULIYEV
Xiva sh.,
2013-yil 23-fevral,
236-son
Tuman hokimining 2013-yil 23-fevraldagi 236-son qaroriga 1-ILOVA
Xiva tumanidagi transport vositalarini 2013-yil majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
tarkibi
Eslatma: Ushbu komissiya aʼzolaridan biri boshqa ishga oʻtsa, uning oʻrniga shu lavozimga tayinlangan rahbar komissiya tarkibiga kiritiladi.
Tuman hokimining 2013-yil 23-fevraldagi 236-son qaroriga 2-ILOVA
Xiva tumanida yuridik shaxslarga qarashli transport vositalarining 2013yilgi majburiy texnik koʻrigini oʻtkazish
JADVALI
